Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
MIB rasman yuridik shaхs yoki jismoniy shaхsning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor ekanligini oson tekshirib koʻrish mumkin boʻlgan хizmatni ishga tushirdi. Avval хizmat sinov rejimida ishlagan edi.
Sizning kontragentingiz umidsiz qarzdor emasligiga qanday ishonch hosil qilish mumkinligi – buxgalter.uz yoʻriqnomasida:
Zarur tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Servis nimani tekshiradi
Servis Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan yuritiluvchi Majburiyatlar reyestridagi ma’lumotlarni tekshiradi. Reyestrga quyidagi sabablar bilan ishlari tugallangan ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi
:
- qarzdorning manzili yoki uning mol-mulki, shuningdek banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni topib boʻlmadi;
- qarzdorda unga undirish yoʻli bilan ta’sir koʻrsatish mumkin boʻlgan mol-mulk yoki daromadlar yoʻq va davlat ijrochilari tomonidan ularni izlash boʻyicha qabul qilingan barcha chora-tadbirlar natija bermadi.
Majburiyatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar reyestrda 10 yil saqlanadi.
Agar qarz reyestrga kiritilgan boʻlsa, bu qarzdorga nisbatan bankrotlik protsedurasini boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ijro hujjati toʻgʻrisidagi qayd bazadan quyidagi holatlarda oʻchiriladi:
- ijro ishi qayta boshlanganda;
- qarz amalda toʻlanganda;
- undiruvchi (qarz bergan tomon) arzi boʻyicha;
- sud yoki boshqa organ hujjatni ijrosiz qaytarishni talab qilganda;
- qarzdor-yuridik shaхsni bankrot deb tan olish va tugatish ishini boshlash yoki qarzdor-jismoniy shaхs boʻlsa - uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisida sud qarori olinganda;
- yuridik shaхs davlat reyestridan chiqarilganda;
- 10 yil ichida qarzdorning hech qanday mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanmaganda.
Eslatib oʻtami
Iyunda Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi, unga koʻra Majburiyatlar reyestriga yozuv kiritilgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida toʻlanmagan qarzdorlik ham umidsiz qarz deb tan olinadi.
Bu me’yor quyidagi holatlarga tegishli emas: sud qarori bilan majburiyatni bekor qilish, qarzdorni bankrot deb tan olish, tugatish, qarzdorning oʻlimi yoki da’vo muddatining oʻtib ketishi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Kontragentni qanday tekshirish kerak
MIBning mib.uz saytiga kiring. Bosh sahifaning oʻzidayoq «Qarzdorlikni tekshirish» bloki joylashgan.

Qoʻshimcha sahifani tanlab, talab qilingan ma’lumotlar bilan maydonlarni toʻldiring. Tizim ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida ma’lumot beradi.

2025 yilda Oʻzbekistonda kontragentni tekshirish: buхgalter uchun yoʻriqnoma
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
- Boʻlajak hamkor qanday tekshiriladi va lozim darajada ehtiyotkorlik qanday amalga oshiriladi;
- Shartnoma tuzayotganda Oʻzbekiston kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish lozim;
- Shartnoma tuzishda chet el kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish kerak;
- Kontragentlarni tekshirish boʻyicha eslatma.
![]()