Sentyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak

preview

Sentyabr oyida ayrim tashkilotlar 2025 yil avgust oyi uchun statistika boʻyicha hisobot topshirishlari kerak, bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi eslatdi.

Tafsilotlar — buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Tashkilotingiz qanday statistika hisoboti shakllarini topshirishi kerakligini Milliy statistika qoʻmitasining stat.uz saytidan bilib olish mumkin. Hisobotlar roʻyxati odatda yil oxirida — kelgusi yil uchun tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.

Bosh sahifada «Interaktiv xizmatlar» boʻlimini tanlang, soʻngra ochiladigan menyuda — «Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyxati»ni tanlang. Tekshirish uchun tashkilotning STIRini kirititsh kerak.

Shuningdek, jadvalimizdan foydalanishingiz mumkin. Biz unda tashkilotlar sentyabr oyida topshiradigan 2025 yil avgust oyi uchun barcha statistika hisobotlarini koʻrsatdik:

Ilova raqami

Statistika hisoboti shakli

Hisobot nomi

Kim topshiradi

Hisobot davri va topshirish muddatlari

8 1-sanoat (paxta) shakli – yillik _____ yil hosilidagi paxta-xom ashyosini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot Paxta tozalash zavodlari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlar tashkilotchilari 2024 yil uchun – 20 sentyabrdan kechiktirmay

60

12-moliya shakli – oylik

Tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisida hisobot

1. Yuridik shaxslar – tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar va mikrofirmalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari);

2. Yuridik shaxslar – tijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalari

2025 yil avgust oyi uchun –
18 sentyabrdan kechiktirmay

64

12-korxona shakli – oylik

Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot

1. Yuridik shaxslar – tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirmalar va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari);

2. Yuridik shaxslar – tijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalari;

3. Notijorat tashkilotlari

2025 yil avgust oyi uchun –
5 sentyabrdan kechiktirmay

64/1

12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) – oylik

Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana tovar aylanmasi boʻyicha hisoboti

Ulgurji, chakana savdo faoliyati va ovqatlanishni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirmalar va qishloq xoʻjaligi tashkilotlaridan tashqari)

2025 yil avgust oyi uchun –
5 sentyabrdan kechiktirmay

64/2

12 korxona (sanoat) – oylik

Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot

«Hududgazta’minot» AJ

2025 yil avgust oyi uchun –
6 sentyabrdan kechiktirmay

64/3

12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) – oylik

Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot

Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatuvchi hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirmalar va qishloq xoʻjaligi tashkilotlaridan tashqari) va notijorat tashkilotlari

2025 yil avgust oyi uchun –
5 sentyabrdan kechiktirmay

 

Statistika hisoboti topshirilmasa yoki muddati oʻtkazib yuborilsa, nima boʻladi

Agar statistika hisoboti oʻz vaqtida taqdim etilmasa, kechiktirib yuborilsa yoki notoʻgʻri ma’lumotlarni oʻz ichiga olsa, tashkilotning mansabdor shaxsi MJTK 215-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Birinchi marta qoidabuzarlik sodir etilganda jarima miqdori BHMning 7 baravaridan 10 baravarigachani (2 884 000 – 4 120 000 soʻm) tashkil etadi.

E’tibor bering

Agar tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari ushbu huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan boʻlsalar va aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan boʻlsalar, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilmaydi, boshlangan ish esa tugatilishi lozim .

 

Huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, yanada ogʻirroq – BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 120 000–6 180 000 soʻm) jarimaga sabab boʻladi.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text210245_sentyabr_oyida_qanday_statistika_hisobotlarini_topshirish_kerak