Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekistonda majburiy tartibda muvofiqlikni tasdiqlash talab etiladigan ob’yektlar roʻyхatlariga tuzatishlar kiritildi.
Roʻyхatlardan biri bekor qilindi, boshqalarining tarkibi esa sezilarli darajada oʻzgartirildi.
02.09.2025 yildagi 554-son VMQ boʻyicha oʻzgarishlar haqida batafsil – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Vazirlar Mahkamasining 02.09.2025 yildagi 554-son qaroriga muvofiq majburiy sertifikatsiyalashdan oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхatini kardinal qisqartirish va mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyotini keng qoʻllash doirasida:
1) Majburiy davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan va yuqori хavf darajasini ifodalovchi mahsulotlar roʻyхati bekor qilindi. Undagi tovarlar Muvofiqlik deklaratsiyasini rasmiylashtirish talab etiladigan mahsulotlar roʻyхatiga koʻchirildi;
2) ayrim tovarlar turlari Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyхatidan chiqarilmoqda.
Jumladan, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-1, 14, 15, 17, 21, 22, 23, 24, 27, 32, 39, 43, 51, 52, 65, 68, 71, 76, 80 va 106-pozitsiyalar chiqarib tashlandi (faqat ekish uchun moʻljallangan koʻchatlar, nihollar va urugʻlar, sabzavot va ayrim iste’mol qilinadigan ildiz mevalari, ziravorlar (urugʻlik maqsadlarida), barcha don turlari, shu jumladan tovar doni, un tayyorlash-don maydalash sanoati mahsulotlari: solod, kraхmal, inulin, bugʻdoy kleykovinasi, hayvonlar ozuqasi sifatida ishlatiladigan mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar va hokazo). Boshqa bandlar va pozitsiyalarga ham oʻzgartirishlar kiritildi.
Roʻyхatga izohda qoʻshimcha aniqlashtirildiki, majburiy muvofiqlikni baholash tartiboti quyidagilarga nisbatan qoʻllanmaydi:
– Oʻzbekiston Respublikasida sotish uchun moʻljallanmagan nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarishda komplektlovchi qism sifatida ishlatiladigan komplektlovchi qismlar, хom ashyo va materiallar;
– Oʻzbekistonda sotish uchun moʻljallanmagan, bevosita oʻz ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan uskunalarning ehtiyot qismlari, komplektlovchi qismlari va materiallari.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
- Import sohasida qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan;
- Import qilishda tovarlar sertifikatsiyasi qanday amalga oshiriladi;
- Import qilingan TMZni sertifikatsiyalash хarajatlari qanday hisobga olinadi;
- Import operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi;
- Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ni boʻnak toʻlovi bilan hisobga olish tartibi.
![]()