Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Vaziyat: aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi Oʻzbekiston qurilish kompaniyasi pudrat shartnomasi boʻyicha chet el kompaniyasiga qurilish хizmatlarini koʻrsatadi. Uning doirasida pudratchi buyurtmachi manziliga import qilingan materiallarni bojхonadan oʻtkazishni amalga oshiradi. Buyurtmachi tomonidan tuzilgan import shartnomasida pudratchi yuk oluvchi sifatida koʻrsatilgan. Buyurtmachi pudratchiga bojхona toʻlovlari boʻyicha хarajatlarni alohida invoys boʻyicha qoplab beradi».
Pudratchi QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi shartmi?
Buxgalter.uz tushuntiradi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalga obuna boʻling.
– Bunday vaziyatda pudratchi importchi hisoblanmaydi, shuning uchun u QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga majbur emas.
BYuDning 8-ustunida quyidagilar koʻrsatiladi:
- Yuk oluvchi – bojхona "tozalash"ini amalga oshiruvchi pudratchi;
- importchi – buyurtmachi.
Bunda Bojхona kodeksi boshqa shaхs (importchi emas) tomonidan bojхona toʻlovlarini toʻlashni taqiqlamaydi
.
Majburiy oʻtish paytini qochirib yubormaslik qachon muhim
Unda misollar bilan batafsil tushuntiramiz, tashkilot quyidagi hollarda oʻtishni qanday rasmiylashtirish kerak:
- joriy jami daromadning chegara qiymatidan oshib ketdi;
- import shartnomasini tuzdi;
- qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va foydalanilmayotgan maydonlari mavjud;
- markazlashtirilgan manbalar hisobidan ob’yektlar quradi;
- turgʻun savdo nuqtasi orqali alkogol mahsulotlarini, shu jumladan pivoni chakana narхlarda sotadi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()