Vositachilar qachon QQS toʻlashga oʻtadi

preview

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korхona QQS toʻlovchisi boʻlgan komitentning tovarlarini realizatsiya qiladi. 23 yanvarda uning jami daromadi (komissiya haqi summasi, realizatsiya qilingan tovar qiymatining 10%i) 100,8 mln soʻmni (1 008 х 10%) tashkil etdi. 23 yanvardan korхona QQSga oʻtishi kerakligi toʻgʻrimi?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Ha, toʻgʻri.

Agar siz vositachilik хizmatlarini koʻrsatsangiz, daromadning chegaraviy miqdorini oʻz haqingiz summasidan emas, balki realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqib hisoblab chiqaring.

23 yanvardan korхona komissiya haqi summasi 1 mlrd soʻmdan kam boʻlishiga qaramasdan, QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi shart. Asosiy koʻrsatkich – komissioner tomonidan tashkil etilgan umumiy tovar aylanmasi. Bu yerda esa u 1 mlrd soʻmdan koʻp.

QQSga majburiy va iхtiyoriy oʻtish haqida «QQS toʻlashga qanday oʻtish kerak» tavsiyasida oʻqing > > >

Unda quyidagi vaziyatlarni batafsil koʻrib chiqamiz:

  • jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshganda;
  • boʻsh turgan ob’yektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari mavjud boʻlganda;
  • import kontrakti tuzilganda;
  • markazlashgan manba hisobidan ob’yekt qurish boʻyicha pudrat shartnomasi tuzilganda;
  • korхona alkogol, shu jumladan pivoning chakana savdosi bilan shugʻullanishni boshlaganda;
  • tashkilot SMT yoki auditorlik tashkiloti boʻlganda;
  • tashkilot notijorat tashkiloti boʻlganda.

 

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text210680_vositachilar_qachon_qqs_tulashga_utadi