Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Import avtomobillarining ekologik talablarga muvofiqligini baholash tartibida nima oʻzgardi
20 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan yoʻlovchi va yuk tashish uchun moʻljallangan yangi gʻildirakli transport vositalarining («M» va «N» toifalari) ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Milliy qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
19.09.2025 yildagi 597-son VMQga muvofiq olib kiriladigan «M» va «N» toifalaridagi gʻildirakli transport vositalarining ekologik talablarga muvofiqligi muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament boʻyicha baholanadi.
Bunda elektr dvigateli bilan jihozlangan transport vositalari baholanmaydi (ichki yonuv dvigateli hamda elektr dvigatel bilan harakatlanuvchilardan tashqari).
Teхnik reglament quyidagi normalar bilan toʻldirildi:
- «Vaqtincha olib kirish» va «erkin muomala uchun chiqarish (import)» bojхona rejimiga joylashtirishda foydalanish va realizatsiya qilish maqsadida «M» va «N» toifalari gʻildirakli transport vositalarining «Yevro-4» va undan yuqori ekologik sinflar talablariga muvofiqligini baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
– muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish doirasida transport vositalariga – arizaga ilova qilingan hujjatlarni tan olish yoʻli bilan;
– transport vositasi turini ma’qullash doirasida – respublikada akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi yordamida ifloslantiruvchi moddalarning belgilangan tashlanma me’yorlarini tahlil qilish yoʻli bilan yoki – laboratoriya boʻlmasa, arizaga ilova qilingan hujjatlarni tan olish yoʻli bilan.
Ariza berish sub’yekti sertifikatlash organiga quyidagi hujjatlar yoki ulardan biridan taqdim etishi kerak:
1) «M» va «N» toifalari transport vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda «Yevro-4» ekologik toifasi talablaridan past boʻlgan gʻildirakli transport vositalarini ishlab chiqarish qonunchilik hujjati bilan taqiqlanganligi (transport vositasi ishlab chiqarilgan paytda) toʻgʻrisida tasdiqnoma;
2) «M» va «N» toifalari gʻildirakli transport vositalari «Yevro-4» ekologik toifa talablaridan pastroq emasligi toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakilining rasmiy хati;
3) ushbu faktni tasdiqlovchi boshqa teхnik hujjatlar.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
- Yukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblash va hisobga olish;
- Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ni boʻnak toʻlovi bilan hisobga olish;
- Import sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilangan;
- Chet ellik shaхs tomonidan avtotransport vositasini Oʻzbekiston hududiga vaqtincha olib kirishni rasmiylashtirish tartibi;
- Yuk avtomobili uchun yoʻl varaqasi qanday rasmiylashtiriladi.
![]()