Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
14 oktyabr
• 2025 yil sentyabr oyi uchun ShJBPHga badallar boʻyicha reyestrlarni taqdim etish va toʻlash (20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son 6-b., 20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son 9-b.);
• I va II toifadagi sub’yektlar tomonidan 2025 yil III chorak uchun atrof-muhit tabiiy muhitini ifloslantirish va chiqindilarni joylashtirish uchun kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha hisob-kitobni taqdim etish (12.04.2021 y. 202-son VMQga 1-ilova 22-b.).
III va IV toifa sub’yektlari hisob-kitobni yiliga 1 marta – hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha topshiradilar.
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.