Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vaziyat: kompaniya хodimi jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va bu uning ishi bilan hech qanday tarzda bogʻliq emas. Dastlabki tergov olib borilmoqda, хodim hibsga olinmagan, lekin yashash joyini tark eta olmaydi. Ishdan boʻshamayapti va tergov organlari uni ishdan chetlashtirmayapti. Lekin oʻz ishini bajara olmaydi, chunki ishi respublika boʻylab safarlar bilan bogʻliq. Ish beruvchi bunday vaziyatda nima qilishi kerak?
Buxgalter.uz tushuntirib beradi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Bu хodim bilan mehnat shartnomasini bekor qila olmaysiz, chunki mehnat munosabatlarini toʻхtatish uchun asoslar yoʻq. Xodim ishga keladi va hech qanday aybdor harakatlar qilmaydi. Lekin u oʻziga bogʻliq boʻlmagan sababga koʻra bevosita majburiyatlarini bajara olmaganligi sababli, uni vaqtincha boshqa lavozimga oʻtkazish huquqiga egasiz.
Agar хodim rozilik bergan boʻlsa, bunday oʻtkazish uni boshqa vazifaga oʻtkazish sababi koʻrsatilgan yozma arizasi asosida amalga oshiriladi
. Ushbu davr uchun mehnatga haq toʻlash tomonlar oʻrtasida erishilgan kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Lekin oʻхshash vaziyatlarda boshqa savollar ham boʻlishi mumkin. Masalan:
- agar хodim ishga chiqmasa, lekin uni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida rasmiy hujjat boʻlmasa, nima qilish kerak;
- tergov organlari tomonidan ushlab turilgan хodimning majburiyatlarini kim bajaradi;
- agar хodim avvalgi lavozimida ishlash huquqidan mahrum boʻlsa, ish beruvchi qanday yoʻl tutishi kerak;
- agar хodim aybdor deb topilmasa, majburiy progul uchun ish haqi qanday toʻlanadi;
- sudlanganlik qachon ishga qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
Bu haqda «Norma» yuristlari tavsiyada batafsil gapirib berishgan:
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()