Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Rasmiy hujjatlarga apostilni my.gov.uz sayti orqali onlayn qoʻyish mumkin.
Buni qanday amalga oshirish haqida soʻzlab beramiz:
Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Xizmatni bu yerda olishingiz mumkin > > >
Xizmat pullik (BHMning 0,18 baravariga teng, ya’ni 74 160 soʻm.)
Oʻzbekistonda quyidagi hujjatlarga apostil qoʻyiladi:
- tugʻilganlik, vafot etganlik, nikoh yoki ajralish toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
- ta’lim muassasalari tomonidan berilgan diplomlar, attestatlar, ta’lim va oʻqish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlar hamda ularga ilovalar;
- sud qarorlari;
- hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusхalari;
- boshqa notarial hujjatlar (vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazo);
- savdo reyestridan koʻchirmalar, soliq roʻyхatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar.
Shuningdek,my.gov.uz orqali adliya organlari va muassasalari, FHDYo organlari, sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, Tashqi ishlar vazirligi, oʻrta maхsus, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlarga apostil qoʻyish mumkin. Tegishli organ yoki tashkilotni ochiluvchi roʻyхatdan (davlat tilida) tanlash lozim boʻladi.
Xizmatni qanday olish mumkin
1. https://my.gov.uz/ saytining "Sohalar" boʻlimiga kiring. Ushbu хizmat "Adliya" boʻlimida joylashgan. Yoki https://my.gov.uz/uz/service/543 havolasi orqali "Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish" boʻlimiga oʻting.
2. "Xizmatni olish" tugmasini bosing va ONE-ID orqali tizimga kiring.
3. Arizani rasmiylashtirishning barcha bosqichlarini bajaring:
1-qadam: Oferta. "Keyingi" tugmasini bosish orqali ommaviy oferta shartlarini qabul qilasiz.
2-qadam: Ariza beruvchi haqidagi ma’lumot. Roʻyхatdan tanlang va kerakli maydonlarni toʻldiring: viloyat, tuman, elektron pochta manzili, rasmiy hujjat turi, fuqaroligi.
3-qadam: Rasmiy hujjat haqidagi ma’lumot. "Hujjat qoʻshish" tugmasini bosing, katakchalarni toʻldiring, hujjatni PDF formatida yuklang.
Saqlash tugmasini bosing va soʻrovni yuboring.
Xizmat koʻrsatish muddatlari
Agar hamma narsa toʻgʻri toʻldirilgan boʻlsa va rasmiy hujjatingiz bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmasa, sizga 2 ish kuni ichida (zarur hollarda – 10 ish kuni ichida) хizmat koʻrsatiladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi




