Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
17 noyabr
• 2025 yil oktyabr oyi uchun ShJBPHga badallar boʻyicha reyestrlarni taqdim etish va toʻlash (20.11.2024 y. AV roʻyxat raqami 3577-son 6-b., 20.11.2024 y. AV roʻyxat raqami 3577-son 9-b.);
• 2025 yil oktyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash.
JShDS jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.).
Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 4-5-b.).
• 2025 yil noyabr oyi uchun qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlash.
Soliq toʻlovchilar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni toʻlaydilar (SK 392-m. 1–2-q.);
• 2025 yil oktyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotlarni taqdim etish va uni toʻlash (qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., SK 470-m. 4-q., SK 470-1-m. 8-q.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil oktyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish (23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-ilova 38-1-b., SK 470-m. 3-q.).
QQS toʻlovchilar uchun 2025 yil sentyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2025 yil 20 noyabr (23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-ilova 38-1-b., SK 273-m. 1-q.).