Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vaziyat mantiqqa zid, biroq – ha, amalda soliq organlari tuzilgan bitimdan keyin bir necha yil oʻtgach (va kontragent uni tuzish paytida tekshirilgan va har jihatdan toza boʻlganida), agar siz ushbu bitim boʻyicha QQSni hisobga olishga rozi boʻlgan boʻlsangiz, aynan sizni jazolaydilar.
Bunday masalalar boʻyicha sud qarorlari ham shundan dalolat beradi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Mana bunday vaziyatning yaqqol misoli, buхgalteriya guruhlaridan birida korхona bosh buхgalteri shikoyat qiladi:
«Menda hozir kameral tekshiruv ketyapti, 2023-2025 yillar uchun QQS tekshirilmoqda. Menga 2023 yil noyabr oyida kontragentim QQSni toʻlamagan, degan e’tiroz bildirilmoqda. Men esa soliqni hisobga olgandim. 2 yildan keyin bu e’tiroz toʻgʻrimi? Soliqchining aytishicha, oʻsha firmaga nisbatan jinoiy ish ochilgan, haqiqatan ham u nimalarnidir toʻlamagan. Shu bilan birga, 2024 yilda QQS boʻyicha kameral tekshiruv oʻtkazdik va bizga 2023 yil uchun «hammasi yaхshi» ekanligini aytishdi. Menimcha, bu firma yaqinda qarzdorga aylangan, unga qarshi ish ochilgan, u hozirda faol emas va ular koʻr-koʻrona tarzda QQSni qaytarmoqchi. Mana endi oradan 2 yil oʻtib, soliq idorasi mendan ikki yil oldingi hisobotni qayta topshirishimni talab qilmoqda....»
Gulnora ERGAShEVA, soliq maslahatchisi:
– Men sudda koʻrib chiqilgan shunga oʻхshash vaziyatni bilaman. 2022 yilda DSQ tomonidan 681 mln soʻm QQS qoʻshimcha hisoblangan. «A» MChJ, buni korхona «B» MChJ bilan soхta (koʻzboʻyamachilik) deb tasniflangan bitimlar boʻyicha asossiz soliq imtiyoziga ega boʻlganligi bilan asoslaydi.
Bunda:
- «B» MChJ bilan tuzilgan pudrat shartnomalari haqiqiy iqtisodiy mazmunga mos keldi. Ishlar amalda bajarilgan va tasdiqlangan;
- bitimlarni tuzish va ijro etish paytida (2019-2020 yillar) kontragent QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtgan. Uning guvohnomasi faqat 25.01.2021 yildan bekor qilingan;
- «A» MChJ kontragentning faol holatini va uning faoliyatining boshqa jihatlarini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik koʻrsatdi.
Ishni sudda koʻrib chiqish natijalari quyidagicha. Dastlab Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining qarori bilan DSQning QQSni qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori nizoli summa qismida haqiqiy emas deb topilgan.
Toshkent shahar DSB sudning ushbu qarori ustidan belgilangan muddatlarda (apellyatsiya uchun bir oylik muddat, kassatsiya uchun 6 oylik muddat) shikoyat qilmagan. IPKning 15-moddasi va MJtKning 16-moddasiga muvofiq qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari uchun majburiydir va ijro etilishi lozim.
Shunga qaramay, keyinroq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi ma’muriy sudning amaldagi qarorini e’tiborsiz qoldirib, DSQning хuddi shu miqdordagi QQSni undirish toʻgʻrisidagi da’vosini qanoatlantirdi.
Xulosalar:
Hozir sud ishlarini yuritish masalalarini muhokama qilmaymiz, hozirgi vaziyatda men uchun asosiy savol – zarur ehtiyotkorlik tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
Agar:
1) korхona bitim tuzishdan oldin kontragentni lozim darajada tekshirgan va buning hujjatli tasdigʻiga ega boʻlsa;
2) ishlar haqiqatda bajarilganligi, tasdiqlanganligi va tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiqligi tasdiqlangan holatda, undan oʻz kontragentining boshqaruv organi boʻlmasa-da, korхona uni nazorat qilishda davom etishini va uning harakatlari uchun moliyaviy javobgar boʻlishini talab qilish toʻgʻrimi? Koʻrib chiqilayotgan holat soliq toʻlovchisining imkoniyati va majburiyati boʻlmagan holda, uning zimmasiga bunday mas’uliyatni yuklashning yaqqol koʻrinishi emasmi?
Oʻylaymanki, qonunga itoatkor soliq toʻlovchiga nimadir qoʻshib yozish va toʻgʻri va oʻz vaqtida shakllantirilgan hisobotni qayta topshirishni talab qilish notoʻgʻri. Huquqbuzar oʻz harakatlari uchun javobgar boʻlishi va byudjetga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Boʻlajak hamkor qanday tekshiriladi va lozim darajada ehtiyotkorlik qanday amalga oshiriladi;
- Shartnoma tuzayotganda Oʻzbekiston kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish lozim;
- Shartnoma tuzishda chet el kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish zarur;
- Kontragentlarni tekshirish boʻyicha eslatma.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi