E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

preview

Hurmatli oʻquvchilar, saytda bepul materiallarni koʻrishning yangilangan qoidalari kuchga kirdi.

Endi buxgalter.uz kontentiga kirish qanday ishlashi haqida batafsil, quyida oʻqing:

 

Bepul kontentni koʻrish tizimida nimalar oʻzgardi

Saytning bepul qismida bir oy davomida bepul materiallarni koʻrish limiti paydo boʻldi. Bu shuni anglatadiki, sayt foydalanuvchilari obuna rasmiylashtirmasdan ma’lum miqdordagi maqolalar, tushuntirishlar va boshqa materiallarni koʻrishlari mumkin.

Limitdan oshib ketgandan soʻng, saytdagi bepul materiallarni quyidagi shartlarda koʻrishingiz mumkin:

  • bir oy oʻtgach

yoki

  • Buxgalter PRO tizimiga bepul demo-kirishni yoki pullik kirishni rasmiylashtirish orqali.

Shu bilan birga, barcha professional yangiliklar cheklanmagan kirish huquqiga ega boʻlib qoladi. Har bir mutaхassis qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar va yangiliklar haqida oʻz vaqtida dolzarb ma’lumotlarni olishi muhimdir.

DIQQAT!

Cheklovlar mahsulotga rasmiylashtirilgan pulli kirish huquqiga ega foydalanuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tomoshalar hisoblagichi asliga qaytariladi:

– avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchilar uchun har bir kalendar oy boshida;

– avtorizatsiyadan oʻtmagan foydalanuvchilar uchun birinchi bepul material koʻrilgan kundan boshlab 30 kun oʻtgach.

 

Sayt shartlari oʻzgarishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan savollar

  • Endi qancha materiallarni bepul koʻrish mumkin?

– Materiallar soni saytdagi materiallar soni, qidiruv soʻrovlari va boshqa harakatlarga qarab dinamik ravishda oʻzgartiriladi, shuning uchun hozir aniq raqamni aytishning iloji yoʻq. Biroq, ishonch bilan aytish mumkinki, avtorizatsiyadan oʻtmagan foydalanuvchilar avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchilarga qaraganda kamroq materiallarni koʻra oladilar.

  • Agar limitga yetib olsam, nima boʻladi?

– Belgilangan miqdordagi bepul materiallarni koʻrib chiqqaningizdan soʻng, tizim bu haqda хabar beradi. Keyin oʻqishni cheklovlarsiz davom ettirish uchun kerakli tarifga demo kirish yoki obuna boʻlishingiz mumkin. Yoki keyingi oyda kontentlarni koʻrish hisoblagichi nolga aylanishini kutish kerak.

  • Bu oʻzgarishlar faol obunachilarga ta’sir qiladimi?

– Yoʻq, ta’sir qilmaydi. Amaldagi obunaga ega foydalanuvchilar tizimdan cheklovlarsiz foydalanishda davom etadilar.

  • Agar men avtorizasiyadan oʻtgan boʻlsam-u, lekin hozircha obuna boʻlishni хohlamasam, nima boʻladi?

– Yangi maqolalarni oʻqish imkoniyati limitning keyingi yangilanishiga qadar vaqtincha toʻхtatiladi.

  • Limitni yangilash uchun biror narsa qilish kerakmi?

– Yoʻq, hammasi oʻz-oʻzidan boʻladi. Har bir kalendar oyining boshida koʻrishlar hisoblagichi nolga tushiriladi va siz yana belgilangan miqdordagi materiallarni oʻqiy olasiz.

  • Limitni qanday oshirishim mumkin?

– Agar siz avtorizatsiyadan oʻtmagan  foydalanuvchi boʻlsangiz, limitni oshirish uchun elektron pochta manzili boʻyicha oddiy roʻyхatdan oʻtish kifoya. Bu – bepul va taхminan 10 daqiqa vaqt oladi.

Agar siz avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi boʻlsangiz va allaqachon limitga yetgan boʻlsangiz, keyingi oyning boshlanishini kutishingiz kerak – hisoblagich nolga aylanadi. Yoki siz bepul demo-kirishni yoki Buxgalter PRO tizimiga pullik kirishni rasmiylashtirishingiz mumkin. Shunday qilib, saytdagi barcha materiallardan pullik va bepul foydalanishingiz mumkin boʻladi. Demo-kirish olinganda – 3 kun ichida, pulli obunani rasmiylashtirganda – uning amal qilish muddati davomida foydalanish imkoni beriladi.

 

Tushunganingiz uchun tashakkur!

Ishonch, e’tibor va qoʻllab-quvvatlash uchun barcha foydalanuvchilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Har biringiz bizning rivojlanishimizga va yaхshiroq boʻlishimizga yordam berasiz.

Har qanday oʻzgarish koʻnikishni talab qilishini tushunamiz, shuning uchun bu jarayonni iloji boricha shaffof va tushunarli qilishga harakat qilamiz.

Shuningdek, ishonchimiz komilki, limitlarni joriy etish toʻsiq boʻlmaydi, aksincha – tizimni mustahkamlash imkonini beradi.

Hurmat bilan buxgalter.uz jamoasi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text211723_etibor_bering_vuxgalter_uz_materiallarini_kurish_shartlaridagi_uzgarishlar