SK-2026: elektron tijorat sub’yektlari soliqlarni bazaviy stavkalar boʻyicha toʻlaydi

preview

25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab elektron tijorat sub’yektlari uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalari bekor qilindi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Bugungi kunda elektron tijorat sohasi tabiiy ravishda faol va jadal rivojlanmoqda, chunki u aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratmoqda. Shu bilan birga, elektron tijorat sub’yektlari uchun foyda soligʻi stavkasi 10 foiz va aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 3 foiz etib belgilangan boʻlsa-da, boshqa tadbirkorlar foyda soligʻini 15 foiz, aylanmadan olinadigan soliqni 4 foiz stavkada toʻlagan.

Aksariyat хorijiy mamlakatlarda elektron tijorat sub’yektlari foyda soligʻini bazaviy stavka boʻyicha toʻlaydilar.

2026 yil 1 yanvardan boshlab elektron tijorat sub’yektlari foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni mos ravishda 15 va 4 foizlik bazaviy stavkalar boʻyicha toʻlaydi. 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212793_sk-2026_elektron_tijorat_subektlari_soliqlarni_bazaviy_stavkalar_buyicha_tulaydi