2026 yilda suv soligʻida nimalar oʻzgaradi

preview

Soliq stavkalarini indeksatsiya qilish va ayrim imtiyozlarni chiqarib tashlash – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qismida OʻRQ-1108-son Qonun boʻyicha SKga oʻzgartirishlar unchalik koʻp emas. Ular haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Ashrafхon SALOHIDDINOV soʻzlab berdi:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2026 yilda:

  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari oʻrtacha 7 foizga oshiriladi .
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar taqdim etilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi. Biroq ularni uzaytirishga endi yoʻl qoʻyilmaydi (25.12.2025 y. OʻRQ-1108-son 9-m. 1-q.).
  • Kodeksdan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab suv soligʻini toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyoz quyidagilar uchun chiqarib tashlandi:

– toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan yuridik shaхslar ;

– maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari .

Bunda, agar soliq toʻlovchilar ushbu imtiyozdan SKga oʻzgartirishlar kuchga kirguniga qadar foydalana boshlagan boʻlsa, ular uni amal qilish muddati tugaguniga qadar qoʻllash huquqiga ega (25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son 9-m. 6-q.).

 

2027 yildan boshlab:

  • Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari   lazersiz tekislashda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkalariga 1,2 koeffitsiyentgacha boʻlgan koeffitsiyentni qoʻllash huquqiga ega boʻladilar  (25.12.2025 y. OʻRQ-1108-son 12-m. 3-хatboshi).

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text212879_2026_yilda_suv_soligida_nimalar_uzgaradi