Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Hududlar kesimida ijaraning eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlar tasdiqlandi
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari 2026 yilda koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasini hisoblash uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlarni tasdiqladi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Eslatib oʻtamiz, ijara shartnomasi taraflari oʻzaro kelishuvga koʻra ijara haqini belgilashga haqli. Biroq, soliqlar hisoblab chiqariladigan summa oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kam boʻlmasligi kerak (25.12.2025 y. OʻRQ-1105-son 8-ilova, 25.12.2025 y. OʻRQ-1105-son 12-m.).
Mahalliy hokimiyat organlarining 2026 yil uchun eng kam ijara stavkalariga koeffitsiyentlar bilan qabul qilingan va e’lon qilingan qarorlariga havolalar keltiramiz:
- Andijon viloyati – 12-ilova;
- Buхoro viloyati – 5-ilova;
- Fargʻona viloyati – 10-ilova;
- Jizzaх viloyati – 7-ilova;
- Navoiy viloyati – 4-ilova;
- Namangan viloyati – 11-ilova;
- Qashqadaryo viloyati – 10-ilova;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi (yoʻq);
- Samarqand viloyati – 3-ilova;
- Sirdaryo viloyati (yoʻq);
- Surхondaryo viloyati (yoʻq);
- Toshkent viloyati – 14-ilova;
- Xorazm viloyati – 6-ilova.
Toshkent shahri uchun eng kam stavkalarga oshiruvchi koeffitsiyentlarni bu yerda koʻring.
![]()