9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha EHF xavflarini baholash reyestri my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda paydo boʻldi. U xizmatlarda – yuridik shaxs profilida – «EHF havf darajasi» sahifasida joylashgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, 1 yanvardan boshlab korxonalarda hisobot davrida ularning umumiy sonida «yuqori xavfga ega» EHFlarning soni 10 foizdan koʻp boʻlmasligi kerak.
Bunda korxonalar hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish uchun texnik toʻsiqqa duch kelmasligi kerak (kamida – ushbu 10 foiz doirasida). Lekin xaridor «qizil» EHF boʻyicha QQSni hisobga olishni xohlasa, u yoki yetkazib beruvchi soliqni toʻlashini kutishi, yoki soliqni byudjetga oʻz hisobidan toʻlashi kerak.
EHF xavflarini baholash reyestri bu yerda:
Reyestrdagi ma’lumotlar 2026 yil yanvar oyidan boshlab shakllantiriladi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi



