9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ta’tillar va FHT shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha YaMMTda nimalar oʻzgardi
«YaMMT» IDAK direksiyasi 2026 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilgan YaMMTdagi yangiliklar boʻyicha ish beruvchilarning savollariga javob berdi. Ular tizimda roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga taalluqli:
– fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar (FHT);
– barcha turdagi ta’tillar.
Tafsilotlar – buxgalter sharhida:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Shunday qilib, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Yagona milliy mehnat tizimida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni va barcha turdagi ta’tillarni roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati joriy etildi.
«YaMMT» IDAK mutaxassislari ish beruvchilarning savollariga javob berishdi:
1. FHT shartnomalar boʻyicha
- Oldingi davrlarda tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?
– Ha, agar shartnoma muddati hali tugamagan boʻlsa, uni tizimga kiritish kerak.
Tizimda barcha amaldagi FHT shartnomalar roʻyxatga olinadi.
- Roʻyxatdan oʻtish uchun qancha vaqt ajratiladi?
– Hozirgi vaqtda FHT shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun aniq cheklov yoki muddat mavjud emas.
- Nima uchun chet el fuqarolari bilan tuzilgan shartnomalarni YaMMTga kiritish mumkin emas?
– Hozircha tizim faqat Oʻzbekiston fuqarolari bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tez orada (jarayonda) qoʻshiladi.
YHQni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga qarang.
2. Ta’tillar boʻyicha
- Tizimga qanday ta’tillar qoʻshildi?
– Yillik mehnat ta’tili, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, ish haqi saqlanmaydigan ta’til.
- Qanday ma’lumotlarni kiritish kerak?
– Xodim ta’tilga chiqqanda siz ta’tilning boshlanish sanasini kiritasiz. Xodim ishga chiqqanda, tizimda uning qaytish sanasi qayd etiladi.
- Roʻyxatdan oʻtish muddatlari qanday?
– Ayni paytda ta’tillarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun aniq muddatlar yoʻq. Ammo buni oʻz vaqtida amalga oshirgan ma’qul, shunda xodimlarda ularga «kasallik nafaqasi»ni toʻlashda muammolar yuzaga kelmaydi.
Ta’tillarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga qarang.
Boshqa savollar tugʻilsa:
Savol berish mumkin boʻlgan Telegram guruhi: https://t.me/+3s74Qw4BRNY5NGZi
YaMMT qoʻllab-quvvatlash xizmati: (71) 200-06-00
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()