Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
10 fevral
• 2026 yil yanvar oyi uchun hisobotlarni topshirish va aksiz soligʻini toʻlash (SK 292–293-m.);
• Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan 2026 yil yanvar oyida oʻzi va investitsiya vositachilari roʻyхatga olgan aksiyalar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• 2026 yil yanvar oyi uchun 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaхsning хarajatlarini qoplash maqsadida Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun ariza taqdim etish (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova 45−46-b.);
• Aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil fevral oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmaldan olinadigan soliqni toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil fevral oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 432-m. 1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar.