2026 yilda qurilish materiallari uchun qanday MXIKdan foydalanamiz

preview

2026 yilning yanvar oyidan iyun oyigacha qurilish materiallari, shu jumladan umumiy MXIK bilan ishlashni davom ettiramiz. 2026 yil 1 iyuldan boshlab esa bunday mahsulotlar uchun umumiy MXIKni qoʻllash bosqichma-bosqich cheklanadi. Bu haqda tasnif.soliq.uz portali хabar berdi.

Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:

Telegram-kanalimizda yangi postlar haqida e’lonlar berib borilmoqda.

 

Soliq organlari tomonidan Mahsulotlar (tovarlar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogi «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi bilan integratsiya qilindi. Natijada mahsulot va хizmatlarning belgilangan oʻlchov birliklari biriktirilgan 200,8 mingta detallashtirilgan identifikatsiya kodlari yaratilgan. Va ushbu yangi MXIKlar 1 iyuldan boshlab bosqichma-bosqich bir necha bosqichda   eski umumlashtirilgan MXIKlarni almashtiradi. 

 

Aniq MXIKni qayerda va qanday aniqlashtirish mumkin

Tadbirkorlar soʻrov oynasidagi tegishli maydonlarni toʻldirib, ERIdan foydalangan holda https://mkinfo.uz platformasidagi shaхsiy kabinet orqali elektron murojaat yuborishlari mumkin.

Ular zarurat tugʻilganda yangi MXIKni yaratish tashabbusi bilan chiqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Savollarni quyidagi tarzda ham berish mumkin:

  • Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruhga: https://t.me/mkinfo_support
  • Telefonlar: (+998) 71 210-11-04 (ichki 6005, 6006, 6007).

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text213447_2026_yilda_qurilish_materiallari_uchun_qanday_mhikdan_foydalanamiz