IT-kompaniya xizmatlari tannarxini qanday aniqlash mumkin

preview

«Kompaniya IT xizmatlarini koʻrsatadi. Oʻtgan yil davomida buxgalter sotilgan xizmatlar tannarxini shakllantirmagan: kalkulyatsiya tuzilmagan, tannarx hisob-kitobi amalga oshirilmagan. Daromadlar shartnomada va sotish uchun hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan summada aks ettirilib, keyinchalik 63 va 40-hisobvaraqlar yopilgan.

Soliq hisobotlarida toʻgʻri aks ettirish uchun 2025 yil uchun IT-xizmatlar tannarxini qanday aniqlash mumkin? Uni qaysi buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish kerak?»

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom Saidova javob beradi:

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblarining butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirishni rasmiylashtiring.

 

– Xizmatlar tannarxi Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantiriladi. Xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlari quyidagilardan iborat:

  • bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
  • bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
  • boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar.

IT-tashkilotlarda ishlab chiqarish xizmatlari tannarxiga, masalan, quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi va ijtimoiy soliq;
  • ishlab chiqarishdagi AV va NMA amortizatsiyasi;
  • bino ijarasi;

 

  • internet xarajatlari;
  • xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.

Xizmatlar tannarxini hisoblash tartibi va hujjatlarini korxonaning hisob siyosatida tasdiqlang.

E’tibor bering

Siz soatlab internetda mos HS (hisob siyosati) shablonini qidirishingiz, sun’iy intellekt matnlarini qayta tekshirishingiz va har bir ta’rifga shubha bilan qarashingiz mumkin.

HSni esa bizning konstruktorlarimiz bilan mustaqil ravishda – tez, ortiqcha xarajatlarsiz, aynan sizning kompaniyangizning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzishingiz mumkin:

– 2026 yil uchun buxgalteriya hisobi siyosati konstruktori;

– 2026 yil uchun soliq solish maqsadlarida hisob siyosati konstruktori.

 

Xizmatlar tannarxi har oyda 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» hisobvaragʻining debetida yigʻiladi. Xizmat koʻrsatishda xizmat tannarxi 9130 «Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi» hisobvaragʻida hisobdan chiqariladi.

 

 

Buxgalteriya hisobini tashkil etish Buxgalteriya hisobini tashkil etish Buxgalteriya hisobini tashkil etish /oz/publish/doc/text213742_it-kompaniya_hizmatlari_tannarhini_qanday_aniqlash_mumkin