2026 yil – Navroʻz va Ramazon hayitida necha kun dam olamiz

preview

2026 yilda Ramazon hayiti 20 martga toʻgʻri keladi – bu Prezidentning 18.03.2026 yildagi qarori bilan rasman tasdiqlandi.

21 mart (shanba) kuni esa Oʻzbekistonda katta bahor bayrami – Navroʻz nishonlanadi.

Dam olish kunlari haqidagi dolzarb ma’lumotlar – buxgalter.uz saytida:

Telegram-kanalda yangi postlarni kuzatib boring.

 

Shunday qilib, oʻzbekistonliklar – 6 kunlik ish haftasidagi хodimlar 3 kun va 5 kunlikda ishlovchilar 4 kun dam oladi.

Bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, u keyingi ish kuniga koʻchiriladi .

Ramazon hayiti va Navroʻz dam olish kunlari

  • 20 mart, juma – Ramazon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
  • 21 mart, shanba – Navroʻz, barcha uchun dam olish kuni;
  • 22 mart, yakshanba – dam olish kuni;
  • 23 mart, dushanba – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni. 6 kunlik ish haftasidagilar uchun – ish kuni.

19 mart, payshanba – bayramoldi qisqartirilgan ish kuni .

 

Mart oyidagi ish vaqti me’yori

Jami kunlar: 31.

Ish kunlari:

  • 5 kunlik ish haftasida – 19;
  • 6 kunlik ish haftasida – 23.

2026 yil mart oyidagi ish soatlari normasi:

  • 5 kunlik 40 soatlik ish haftasi: 151 soat;
  • 6 kunlik 40 soatlik ish haftasi: 153 soat;
  • 6 kunlik 36 soatlik ish haftasi: 136 soat.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text214179_2026_yil_-_navruz_va_ramazon_hayitida_necha_kun_dam_olamiz