Aprel oyida foydali boʻladi:
10 aprel
• 2026 yil mart oyi uchun hisobotlarni taqdim etish va aksiz soligʻini toʻlash (SK 292-m., SK 293-m.);
• Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari tomonidan 2026 yil mart oyida roʻyхatga olingan aksiyalar bilan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• aylanmadan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 432-m. 1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 16 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaхsning хarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun 2026 yil mart oyi uchun ariza taqdim etish (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova 45-46-b.).