Aprel oyida foydali boʻladi:
23 aprel
• 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil aprel oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 340-m. 2-q.).
Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Joriy chorak davomida jami daromadi 20 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini ushbu chorak tugagandan soʻng toʻlaydilar (SK 340-m. 8-q.).
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.