Mebelni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olsa boʻladimi

preview

«Korxona (mehmonxona) oʻz faoliyatida koʻp miqdorda mebeldan foydalanadi. Qiymati BHMning 50 baravarigacha boʻlgan mebelni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida – kechiktirilgan xarajatlar (3290-hisobvaraq) orqali aks ettirgan holda hisobga olsa boʻladimi? Yoki bunday mebelni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish kerakmi?»

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Aziza TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan olindi va istisno tariqasida e’lon qilinmoqda. Ekspertlarga oʻzingiz savol berishingiz va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniga ega boʻlishingiz uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola qoʻyilganda yoki tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

– Inventar va xoʻjalik jihozlari (1080-hisobvaraq) tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi :

  • xizmat qilish muddati bir yildan oshmaydigan;
  • xizmat qilish muddatidan qat’i nazar, sotib olish paytida bir donasi (komplekt) uchun qiymati BHMning 50 baravarigacha boʻlgan. Tashkilot rahbari hisob siyosatida aktivlarni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun ularning qiymatiga doir kichikroq chegarani belgilashga haqli.

Ma’lumot uchun

Tashkilot rahbari AVning turli guruhlari uchun har xil qiymat mezonlarini belgilashga haqli ekanligi (masalan, binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari uchun – BHMning 40 baravaridan koʻp, mashina va uskunalar, transport vositalari uchun – BHMning 30 baravaridan koʻp va h.k.) tavsiyamizda tahlil qilingan > > >

 

Inventar va xoʻjalik jihozlari foydalanishga topshirilayotganda ularning qiymati, vazifasidan kelib chiqib, toʻliqligicha ishlab chiqarish tannarxiga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqariladi. Keyinchalik tashkilot ulardan foydalanish muddati davomida ularning operativ miqdoriy hisobini yuritadi .

Agar inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymati sotib olish paytida bir donasi (komplekt) uchun BHMning 10 baravaridan oshsa, tashkilot ularni foydalanishga topshirishda qiymatini kechiktirilgan xarajatlarga oʻtkazishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarning kamayishi (xarajatlarga hisobdan chiqarish) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda yoki bir maromda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi .

Ya’ni, korxona 1080-hisobvaraqda hisobga olinadigan inventar va xoʻjalik jihozlarini hisobdan chiqarayotganda yo ularning qiymatini toʻliqligicha xarajatlarga oʻtkazadi, yo agar bunday aktivning qiymati BHMning 10 baravaridan oshsa, kechiktirilgan xarajatlar (3290-hisobvaraq) orqali hisobdan chiqarishi mumkin.

Lekin e’tibor bering: siz bu aktivlarni 1080-hisobvaraqqa kirim qilasiz, soʻngra 3290-hisobvaraq orqali hisobdan chiqarasiz. Ya’ni, bu yerda gap aylanma davri 12 oydan oshmaydigan joriy (qisqa muddatli) aktivlar haqida ketmoqda.

Siz kechiktirilgan xarajatni 3290-hisobvaraqda bir yildan ortiq ushlab turmasligingiz lozim: mebelning qiymati, u necha yil xizmat qilishidan qat’i nazar, 12 oydan oshmaydigan muddat ichida hisobdan chiqarilishi kerak.

Hisobdan chiqarilgandan soʻng korxona undan oʻz faoliyatida 014-«Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari» balansdan tashqari hisobvaragʻida hisobga olgan holda foydalanishi mumkin.

Agar siz mebel qiymatini uning foydali xizmat muddati davomida, masalan, 5 yil ichida hisobdan chiqarishni maqsadga muvofiq deb hisoblasangiz, ularni uzoq muddatli aktivlar, ya’ni asosiy vositalar tarkibida 0140-hisobvaraqning debeti boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblagan holda hisobga olishingiz kerak. Buning uchun hisob siyosatida bunday aktivlarni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun ularning qiymatiga doir kichikroq chegara belgilanadi . Shunda ushbu qiymat chegarasidan oshadigan aktivlar asosiy vositalar deb tan olinadi.

Ma’lumot uchun

Mebel garniturini yagona inventar ob’yekti sifatida qanday hisobga olish haqida tavsiyamizda oʻqing > > >

 

Korxonaning hisob siyosatida bunday mebel qaysi aktivlar tarkibida hisobga olinishi, shuningdek, uning qiymati qanday tartibda xarajatlarga hisobdan chiqarilishi aks ettirilishi zarur.

 

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text214731_mebelni_inventar_va_hujalik_jihozlari_tarkibida_hisobga_olsa_buladimi