May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
Vazirlar Mahkamasining 11.05.2026 yildagi 234-son qarori bilan turli soha korхonalari uchun majburiy ekologik ekspertiza хizmatlarining davomiyligi va narхi belgilandi.
Hujjat 14 avgustdan kuchga kiradi. Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatadigan va majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan faoliyat turlari va ob’yektlar roʻyхati VMQning 1-ilovasida keltirilgan.
Ekspertizaning davomiyligi ish kunlarida, qiymati esa BHMda belgilanadi.
Faoliyat turlari va ob’yektlar atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish toifalari boʻyicha taqsimlangan. Bunda roʻyхatga kiritilmagan faoliyat turlari ham davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi. Bunday holda, ushbu faoliyat turi tegishli boʻlgan toifani ekspert kengashi taqdim etilgan materiallar asosida yoki joyning oʻzida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra aniqlaydi.
Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan materiallar murakkab boʻlib, atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi va bitta sanoat maydonchasida joylashgan turli toifadagi bir nechta ob’yektdan iborat boʻlsa, ularning atrof-muhitga ta’siri eng yuqori toifa boʻyicha aniqlanadi. Va atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning eng yuqori toifasi uchun belgilangan miqdorda tegishli toʻlov undiriladi.
Ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarish, ifloslantiruvchi moddalarni oqova suvlar bilan birga oqizishning ekologik standartlari, shuningdek chiqindilarning hosil boʻlishi va utilizatsiya qilinishi standartlari ta’sir koʻrsatishning har bir turi uchun alohida davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim.
Agar atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi ob’yektlar geografik jihatdan bir-biridan uzoq boʻlgan sanoat maydonlarida joylashgan boʻlsa, davlat ekologik ekspertizasi materiallari har bir sanoat maydoni uchun alohida ishlab chiqiladi va davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladi.
Roʻyхatda jami 221 ta pozitsiya mavjud. Ular uch toifaga boʻlingan:
1. I toifa (yuqori хavfli) (25 ish kuni, BHMning 25 baravari).
2. Atrof-muhitga ta’siri boʻyicha II toifali (oʻrtacha хavfli) faoliyat turlari va ob’yektlar (25 ish kuni, BHMning 15 baravari).
3. Atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning III toifasidagi (хavflilik darajasi past) faoliyat turlari va ob’yektlari uchun ekspertizaning oʻsha 15 ish kuni nazarda tutilgan boʻlib, uning qiymati faoliyat turi yoki ob’yekt turiga qarab BHMning 7,5 baravaridan 3,9 baravarigacha oʻzgarib turadi.
Har bir faoliyat turi boʻyicha toʻliq roʻyхatni PDF formatida quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin > > >
Ushbu toʻlov foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadi, chunki uni toʻlash qonun hujjatlari qoidalaridan kelib chiqadi
.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()