Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekistonda allaqachon xorijiy korxonaga (MChJ) ega boʻlgan xorijiy ta’sischi yana bitta MChJni roʻyxatdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Ikkinchi korxonani tashkil etish xarajatlarini birinchi korxona hisobidan toʻlashni rejalashtirmoqda. Bu vaziyatda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Bunday xarajatlarni birinchi MChJning buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish mumkin?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro ga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– Agar xorijiy korxona (1-sonli MChJ) 2-sonli MChJni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq davlat bojlari, notarius, tarjimon, maslahatchi xizmatlari va boshqa xarajatlarni toʻlasa, uning (1-sonli MChJ) uchun bunday xarajatlar oʻz faoliyati va daromad olishi bilan bogʻliq emas. Shuning uchun ular foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda
1-MChJdan chegirib tashlanmaydi.
Ushbu toʻlovlarni 1-son MChJ xarajatlariga kiritishda Dt 9430 – Kt 5110 oʻtkazmasini amalga oshirish lozim.
Agar keyinchalik bu xarajatlarni qoplash koʻzda tutilmasa, muassisning begʻaraz moliyalashtirilishi vujudga keladi. Bu soliq agentida (1-sonli MChJ) JShDS yoki norezidentning daromadidan olinadigan soliq boʻyicha soliq oqibatlariga olib keladi
.
Muassisning 1-sonli MChJ oldidagi qarzi, masalan, qarz berish kabi toʻlovlarni rasmiylashtirish toʻgʻriroq boʻladi. Bunday holda, 1-sonli MChJning buxgalteriya oʻtkazmalari quyidagicha boʻladi: Dt 5830 – Kt 5110.
![]()