Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2026 yildagi Mustaqillik kuni oʻzbekistonliklarga uzoq dam olish kunlarini taqdim etadi.
Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga a’zo boʻling.
Prezident tomonidan 31 avgust, dushanba kuni barcha uchun (ish jadvalidan qat’i nazar) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilinganligi bois, bizni bir yoʻla bir necha dam olish kunlari kutmoqda:
5 kunlik ish haftasida – 4 kun:
- 29 avgust (shanba) – dam olish kuni;
- 30 avgust (yakshanba) – dam olish kuni;
- 31 avgust (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr (seshanba) – bayram kuni.
6 kunlik ish haftasida – 3 kun:
- 30 avgust (yakshanba) – dam olish kuni;
- 31 avgust (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr (seshanba) – bayram kuni.
Oyning barcha joriy ishlarini oʻz vaqtida yakunlashga ulgurib qoling!
Buxgalter Pro tavsiyasi
Xodimni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish qachon mumkin va bu qachon huquqbuzarlik hisoblanadi, хodimning dam olish kuni ishlashi uchun har doim ham roziligi kerakmi, bunday kunlardagi ish uchun kompensatsiya qanday toʻlanadi – tavsiyada:
Xodimlarni dam olish va bayram kunlarida ishga qanday jalb etish kerak.
2026 yil avgust oyida ish va dam olish kunlari soni quyidagicha boʻladi:
Jami kunlar: 31
Ish kunlari:
- 5 kunlik ish haftasida – 20;
- 6 kunlik ish haftasida – 25.
Dam olish kunlari:
- 5 kunlik ish haftasida – 11;
- 6 kunlik ish haftasida – 6.
2026 yil 31 avgust, dushanba – «Mustaqillik kuni» bayrami oldidan barcha uchun qoʻshimcha dam olish (ishlanmaydigan) kunidir.
2026 yil avgust oyi uchun ish vaqti soatlari normasi:
- 5 kunlik 40 soatli ish haftasi: 160 soat;
- 6 kunlik 40 soatli ish haftasi: 165 soat;
- 6 kunlik 36 soatli ish haftasi: 150 soat.
Buxgalter Pro tavsiyasi
Hisobga olish turini qanday tanlash va ish vaqtini hisobga olish tabelini qanday toʻldirish kerak, hisobga olish davri uchun ish vaqtining yoʻl qoʻyiladigan davomiyligini hisoblashga doir misollar –tavsiyada:
Barchani kirib kelayotgan bayram — Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz va yoqimli dam olishni tilaymiz!
![]()