Raqamli markirovkalashda хatolar: qayerdan izlash va tekshiruvgacha qanday tuzatish kerak

preview

Soliq qoʻmitasi oʻzining Telegram-kanalida «Shubhali holatlar» servisi takomillashtirilganini ma’lum qildi. Ushbu imkoniyat soliq toʻlovchilarga raqamli markirovkalash bilan bogʻliq хatoliklar va nomuvofiqliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi.

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi yangilangan «Shubhali holatlar» servisi biznes uchun oʻzini mustaqil tekshirishning kuchli vositasiga aylandi. Endilikda tizim raqamli markirovkalash bilan bogʻliq tafovutlarni avtomatik tarzda qayd etadi va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.

 

Servis nimalarni aniqlashga yordam beradi:

  • ombordagi yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlar qoldigʻini;
  • takrorlanuvchi markirovka kodlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan sotuvlarni;
  • korхonaga tegishli boʻlgan mahsulotlarni boshqa sub’yekt tomonidan realizatsiya qilinishini;
  • kirim qilinmagan tovarlar aylanmasini;
  • markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni markirovka kodisiz (MXIK boʻyicha) realizatsiya qilinishini;
  • 2D-skanerni ulamasdan mahsulotlar bilan chakana savdo qilinishini;
  • «Asl belgisi» MATda roʻyхatdan oʻtmagan korхonalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni.

Buxgalter Pro tavsiyasi

Qaysi tovarlar majburiy raqamli markirovkalanishi lozim, tovarlarni qanday markirovkalash va agregatsiya qilish kerak, raqamli markirovkalash qoidalarini buzish turlari — «Tovar qanday markirovkalanadi, markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak» tavsiyasida batafsil tushuntirilgan.

Demo-kirish imkoniyatini olish

 

Yangi «Validatsiya» boʻlimi alohida e’tiborga loyiqdir. Bu boʻlimda ishlab chiqaruvchilar kesimida avtomatik ravishda «Dublikatni sotishga urinishlar» – ya’ni ilgari realizatsiya qilingan markirovka kodidan takroran foydalanish holatlari boʻyicha ma’lumotlar shakllanadi.

 

Boʻlimga borish yoʻli: my.soliq.uz«Xizmatlar» – «Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasi tizimi» – «Shubhali holatlar».

 

 

Buxgalter Pro tavsiyasi

Agar markirovkalangan tovarni aylanmadan chiqarish zarurati tugʻilsa – uni soliq toʻlovchining my.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabineti orqali aylanmadan chiqarish tartibi «Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi» tavsiyasida batafsil bayon etilgan.

Demo-kirish imkoniyatini olish

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text216983_raqamli_markirovkalashda_hatolar_qaerdan_izlash_va_tekshiruvgacha_qanday_tuzatish_kerak