9 oyni хatolarsiz yopamiz:
15 oktyabr
• 2026 yil sentyabr oyi uchun reyestrlarni taqdim etish va ShJBPHga badallarni toʻlash (Nizom 6,9-b. 20.11.2024-y. AV roʻyхat raqami 3577-son.).
• 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan kutilayotgan foydadan kelib chiqib, 2026 yilning IV choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etish (SK 340-m. 2,11 q.);
• JShDS jismoniy shaхsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m.1-q., SK 390-m.).
Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 4-5 q.).
• soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil sentyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va toʻlash (SK 470-m. 3, 5-q.);
• soliq agentlari tomonidan 2026 yil sentyabr oyi uchun YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarning BHMning 12 000 baravarigacha 26.05.2026 y. PF-100-son 2-b. boʻlgan daromadlari boʻyicha hisobot taqdim etilishi va aylanmadan olinadigan soliq toʻlanishi (SK 470-m. 3-5-q.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil sentyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatish (23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-ilova., SK 470-m. 3-q.).