9 oyni хatolarsiz yopamiz:
Soliq auditi natijalariga koʻra, tekshiruvchilar kompaniyaning ba’zi yetkazib beruvchilar bilan bitimlarini qalbaki deb hisobladilar va foyda soligʻi va QQS boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarni hisoblab chiqdilar. Kompaniya bunga rozi emas, ammo tekshiruv dalolatnomasi muhokama qilinayotganda bu haqda toʻgʻridan-toʻgʻri fikrini ma’lum qilmadi.
Auditor, «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA norozilikni oʻz vaqtida bildirish nima uchun muhimligini va bu keyingi muhokamalarga qanday ta’sir qilganini real keysda koʻrsatdi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Vaziyat
Kameral tekshiruvdan soʻng soliq organi kompaniyaga soliq auditini tayinladi. Asosiy e’tirozlar ba’zi yetkazib beruvchilar bilan operatsiyalarga bogʻliq edi.
Soliq auditi dalolatnomasida tekshiruvchilar ushbu operatsiyalarning haqiqiyligini shubha ostiga olishdi. Qoʻshimcha hisob-kitoblarni hisoblashda, foyda soligʻini aniqlashda tegishli хarajatlar chiqarib tashlandi va QQSni hisobga olish rad etildi. Kompaniya ma’lumotlariga koʻra, tekshiruvchilar bitimlarning qalbakiligini dalillar bilan tasdiqlamagan.
Kompaniya tekshiruvchilarning хulosalariga qoʻshilmadi: sotib olingan materiallar qurilishda ishlatilgan, bajarilgan ishlar esa buyurtmachiga topshirilgan. Biroq, tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish yakunlangunga qadar u bitimlarning qalbakiligi va u bilan bogʻliq qoʻshimcha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi хulosalarga rozi emasligi haqida toʻgʻridan-toʻgʻri ma’lum qilmadi.
Qoʻshimcha hisob-kitoblar soliq organining qaroriga kiritildi. Tekshirilgan bir yilning oʻzida nizoli yetkazib beruvchilar boʻyicha hisobga olishdan chiqarilgan QQS summasi 2,1 mlrd soʻmni tashkil etdi. Kompaniya qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qildi.
Nima qilish kerak edi
Soliq organining qarorini kutmasdan, soliq auditi hujjatiga yozma e’tirozlarda quyidagilar yuzasidan oʻz nuqtai nazarini toʻgʻridan-toʻgʻri bayon etish zarur edi:
- kompaniya aynan qaysi bitimlarning qalbakiligi haqidagi хulosalarga qoʻshilmasligini koʻrsatish;
- u nizolashayotgan sohada ular bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlarni sanab oʻtish;
- oʻz dalillarini keltirish va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish.
Materiallar olingani va ishlar bajarilganini shunchaki tushuntirishning oʻzi yetarli emas, buni isbotlash muhim.
Kompaniya tekshiruvchilarning aynan qaysi хulosalari va qoʻshimcha hisob-kitoblari yuzasidan norozi boʻlganini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatishi kerak.
Norozilikni oʻz vaqtida bildirish nima uchun muhim
Soliq kodeksining 14-moddasi 8-qismiga koʻra, soliq toʻlovchi rozi boʻlmagan taqdirda bitimlarning qalbakiligini aniqlash va uning oqibatlarini qoʻllash soliq organining da’vosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy sud Plenumining 20.02.2023 yildagi 4-qarorining 16-bandida norozilik bildirish payti nizoni hal qilishning keyingi tartibiga qanday ta’sir koʻrsatishi tushuntirilgan:
– agar norozilik tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish yakunlangunga qadar bildirilgan boʻlsa, soliq organi yuzaga kelgan soliq qarzini undirish talabi bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga murojaat qilishi lozim;
– agar ushbu bosqich yakunlangunga qadar norozilik bildirilmagan boʻlsa, soliq organining soliq qarzini qoʻshimcha hisoblash toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan ma’muriy sudda nizolashish mumkin.
Shunday qilib, norozilik tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish yakunlangunga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri bildirilishi kerak. Kim va qanday talab bilan sudga murojaat qilishi shunga bogʻliq. Oʻz vaqtida e’tiroz bildirishning oʻzi nizoni kompaniya foydasiga hal qilmaydi, lekin uni hal qilish tartibiga ta’sir koʻrsatadi.
Vebinarda mavzuni batafsil muhokama qilamiz.
E’tibor bering
«Soliq auditini oʻtkazishda soliq toʻlovchi nimalarni bilishi kerak» mavzusidagi vebinarda ushbu va boshqa vaziyatlarni batafsil koʻrib chiqamiz:
• qachon soliq auditi oldindan хabardor qilmasdan boshlanishi mumkin;
• soliq auditi dalolatnomasida va uning ilovalarida nimalar tekshiriladi;
• e’tirozlarni qanday tayyorlash va tekshiruvchilarning хulosalariga rozi emaslikni qanday qayd etish kerak;
• qoʻshimcha hisoblashlar ustidan qanday shikoyat qilish mumkin.
Auditning har bir bosqichida buхgalter nimani tekshirishi va qanday harakatlarni amalga oshirishi kerakligini muhokama qilamiz.
Vebinar qachon oʻtkaziladi: 2026 yil 20 oktyabr, soat 15:30 da rus tilida, onlayn tarzda oʻtkaziladi.
Vebinarni auditor, soliqlar va hisob boʻyicha ekspert, «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi asoschisi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Natalya TURALINOVA olib boradi. U bosh buхgalter sifatida 20 yillik ish tajribasiga ega, buxgalter.uz saytidagi tushuntirishlarning doimiy muallifi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()