Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
16 noyabr
• 2026 yil oktyabr oyi uchun ShJBPH reyestrlarni taqdim etish va badallarni toʻlash (Nizom 6, 9-b., 20.11.2024 y. AV roʻyxat raqami 3577-son);
• 2026 yil oktyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash.
JShDS jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini topshirish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.).
Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini topshirish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 4–5-q.);
• soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot taqdim etilishi va toʻlanishi (SK 470-m. 3-5-q.);
• soliq agentlari tomonidan YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning 2026 yil oktyabr oyi uchun BHMning 12 000 baravarigacha boʻlgan daromadlari boʻyicha hisobot taqdim etilishi va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash (SK 470-m. 3–5-q.);
• Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish (Nizom 38-1- b., 23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-son ilova., SK 470-m. 3-q.).