20 noyabr

preview

 

• 2026 yil oktyabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash, shu jumladan soddalashtirilgan 6%lik QQS boʻyicha (SK 273-m. 1–4-q.);

 

• Soliq agentlari – QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va toʻlash (SK 273-m. 1, 2-q.):

– chet ellik shaxslardan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha (SK 255-m.);
– davlat mulki bilan bogʻliq operatsiyalar, davlat mulkini, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotish operatsiyalari bundan mustasno (SK 256-m.).

Soliq agentlari – QQSni toʻlamaydiganlar hisobotni soliq toʻlangan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadilar (SK 273-m. 4-q.);

 

• soliq davri uchun soliq summasi 200 BHMning 200 baravaridan oshgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar tomonidan 2026 yil noyabr oyi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash, yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 448-m. 3-q.).

Soliq davri uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan kam boʻlgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha avans toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

• soliq agentlari tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun norezidentlarning daromad soligʻi boʻyicha hisobotlarni taqdim etish (SK 355-m. 1-q.).

Soliq norezidentga daromadlar toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi (SK 355-m. 2-q.);

 

• soliq agentlari tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun dividendlar va foizlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobotlarni taqdim etish (SK 345-m. 5-q.).

Soliq dividendlar va foizlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 345-m. 6-q.);

 

• yuridik shaxslar tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun hisobot taqdim etish va soliq toʻlash (SK 454-m. 3–4-q.);

 

• QQS toʻlovchilar tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi texnik xatolarni tuzatish (Nizom 38-1-b., 23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-ilova, SK 273-m. 1-q.).

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text218056_20_noyabr4