Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2026 yil 11 dekabrdan boshlab markirovkalanadigan tovarlar uchun 84 ta umumiy MHIK kodi faol boʻlmaydi – ular endi EHF va onlayn-NKT cheklarida koʻrsatilmaydi.
Ushbu kodlarning toʻliq roʻyxatini yuklab oling va oʻzingizdagi kodlarni oldindan tekshirib qoʻying.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga a’zo boʻling.
Materiallardan nusxa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Umumiy MXIKlar nima uchun olib tashlanadi
Umumiy MXIK tovarni umuman, markasiz va tavsiflarsiz ifodalaydi. Masalan, shunchaki «sariyogʻ». Batafsil MXIK aniq tovarni bildiradi: brend va tavsiflar bilan. Masalan, «Buryonka» sariyogʻi, 500 g.
Soliq qoʻmitasining xabariga koʻra, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan har bir mahsulot turi uchun MXIKning alohida kodlaridan foydalanish talabi belgilangan
. Bu markirovkalangan tovarlar aylanmasi ustidan nazoratni takomillashtirish uchun zarur.
Qaysi kodlar faol boʻlmaydi
Bu yerda 2026 yil 11 dekabrdan boshlab amal qilishini toʻxtatadigan 84 ta MXIK kodlari roʻyxati keltirilgan.
Mos kod boʻlmasa, nima qilish kerak
Agar tasnif.soliq.uz katalogida markirovkalangan mahsulotingiz uchun aniq kod mavjud boʻlmasa, uni yaratish uchun ariza topshiring: https://tasnif.soliq.uz/?izmereniya=1.
U 3 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi kerak. Ishni oxirgi haftaga qoldirmang.
![]()