Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
My.soliq.uz saytida «Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari» elektron xizmati paydo boʻldi.
Endi soliq organlarining soliq solishga oid murakkab masalalar boʻyicha pozitsiyasi ochiq e’lon qilinadi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola boʻlgandagina yoki tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Soliq toʻlovchiga buning qanday foydasi bor
Soliq organining yozma tushuntirishlarini bajarish – soliqqa oid huquqbuzarlikda aybni istisno etuvchi holatdir. Bu shaxslarning nomuayyan doirasiga berilgan, ya’ni xizmatda e’lon qilingan tushuntirishlarga ham taalluqlidir
:
«soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor shaxsining) soliqni (yigʻimni) hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik qoʻllanilishining boshqa masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga (yigʻim toʻlovchiga, soliq agentiga) yoxud noma’lum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda. Mazkur holatlar ushbu organning tegishli hujjati mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjat ma’nosi va mazmuniga koʻra, bunday hujjat qabul qilingan sanadan qat’i nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻladi».
Soliq organlarining soliq qonunchiligi normalari va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirish majburiyati Soliq kodeksining 27-moddasi 1-qismida belgilangan. Soliq toʻlovchilarning soliqlar va ularni hisoblab chiqarish tartibi toʻgʻrisida bepul axborot olish huquqi esa Soliq kodeksining 21-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan.
Servisni qayerdan topish mumkin
Toʻgʻridan-toʻgʻri havola: https://my.soliq.uz/remotes-services/official-explanations/explanations
Saytning bosh sahifasidan: «Barcha uchun ma’lumotlar» boʻlimi → «Soliq organlarining rasmiy tushuntirishlari».
Tushuntirishlar «Soliq solish», «Soliq hisoboti», «Umumiy koʻrsatmalar» ruknlari boʻyicha guruhlangan. Ularni nomi, matni, raqami, soliq turi hamda davri boʻyicha qidirish mumkin.
Hozirgacha nimalar e’lon qilindi
Hozirda servisda 3 ta tushuntirish mavjud:
Ushbu mavzularni toʻliq tushunib olish uchun tavsiyalarimiz bilan tanishing. Ularda normalarni qoʻllash tartibi Soliq kodeksiga havolalar, misollar va amaliyotdan olingan vaziyatlar asosida batafsil yoritilgan.
Tavsiya
Norezidentlarga xizmat koʻrsatishda EHF
«Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi» nomli tavsiyada bir tomonlama EHF rasmiylashtiriladigan barcha holatlar koʻrib chiqilgan: tovarlar va xizmatlarni BYuDsiz eksport qilishda, bozor yoki bojxona qiymatidan past narxda realizatsiya qilishda, aksiz soligʻi hamda aylanmadan olinadigan soliq maqsadlari.
Ushbu tartib jismoniy shaxsga avtomobil realizatsiya qilish misolida va amaliy vaziyatlar orqali koʻrsatib berilgan: realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston boʻlmagan xizmatlar eksporti, eksport qilingan tovarni qaytarish, transportning bekor turib qolganligi uchun jarima, kursdagi tafovutlar.
Tavsiya
«Soddalashtirilgan» QQS
«Soddalashtirilgan» QQS boʻlimidagi tavsiyalarda kimlar soddalashtirilgan tartibga oʻtish huquqiga egaligi, oʻtishdan keladigan foydani qanday baholash, xaridor nimaga e’tibor qaratishi lozimligi hamda oʻtish chogʻida salbiy farqni qanday hisobdan chiqarish kerakligi batafsil tushuntirilgan.
«Qaysi soliq rejimi foydaliroq» kalkulyatorlari – amaldagi biznes va yangi biznes uchun soliq yukini oʻz koʻrsatkichlaringiz asosida hisoblashda yordam beradi.
Tavsiya
IT-park rezidentlarida 7,5% stavka boʻyicha JShDS
«Texnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi» tavsiyasida rezidentlar uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar – soliqlar, bojxona toʻlovlari va direksiyaga ajratmalar boʻyicha tushuntirishlar berilgan, shuningdek, rezidentlarga qoʻyiladigan talablar va maqomdan mahrum etish asoslari koʻrib chiqilgan.
Quyidagi imtiyozlarni qoʻllash amaliy misollar bilan koʻrsatib berilgan: xodimlarga moddiy yordam toʻlash, muassisga dividendlar toʻlash, rezidentga xorijiy kompaniya xizmatlari koʻrsatilishi, tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar.
E’tibor bering
Rasmiy tushuntirishlar normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi. Agar tushuntirish Soliq kodeksidan farq qilsa, Kodeks qoʻllaniladi va sud mazkur tushuntirish bilan cheklanib qolmaydi. Biroq rasmiy tushuntirishga asosan ish koʻrgan soliq toʻlovchi soliqqa oid huquqbuzarlikda aybdor deb topilishi mumkin emas.
Oʻzingiz amal qilgan tushuntirishni saqlab qoʻying (hujjatni yuklab oling yoki sanani skrinshot qiling). E’lon qilingan matn oʻzgartirilishi yoki oʻchirib tashlanishi mumkin, javobgarlikdan ozod etish uchun esa hujjatning aynan oʻzi talab etiladi.
![]()