Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Agar oʻzbek kompaniyasi xorijiy buyurtmachiga xizmat koʻrsatsa, bu hali QQS hisoblanishi kerak degani emas. Hammasi Oʻzbekiston xizmatlarni sotish joyi sifatida tan olinishiga bogʻliq. Ammo soliq boʻlmasa ham, EHFni rasmiylashtirish shart.
Soliq qoʻmitasi mazkur mavzu boʻyicha rasmiy tushuntirish berdi. Shuningdek, biz EHFni rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini va xizmatlar realizatsiya qilinadigan joy qanday belgilanishini qisqacha eslatib oʻtdik.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Soliq qoʻmitasi nimalarni tushuntirdi
Soliq qoʻmitasi tushuntirish xatlarini e’lon qildi, 13 noyabr kuni esa ularni javob xatlari bilan toʻldirdi.
Asosiy xulosalar:
- Agar xizmatlar realizatsiya qilinadigan joy Oʻzbekiston deb tan olinmasa, QQSni, shu jumladan 6 foizlik stavka boʻyicha QQSni hisoblash shart emas. Bunday operatsiyalar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi;
- EHF xizmatlarni realizatsiya qilish joyidan qat’i nazar rasmiylashtirilishi kerak. Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda bir tomonlama EHF yoziladi;
- Agar Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydigan xizmatlar koʻrsatish boʻyicha operatsiyalar soliq toʻlovchini hisobga olish registrlarida aks ettirilgan boʻlsa, bir tomonlama EHFning mavjud emasligi Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq bazasini yashirish deb hisoblanmaydi. Biroq, yangi operatsiyalar uchun bir tomonlama EHFni allaqachon rasmiylashtirishni tavsiya etamiz.
Bir tomonlama EHFni qanday rasmiylashtirish mumkin
Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston deb e’tirof etilmaydigan xizmatlar koʻrsatilganda, bir tomonlama EHFda «Xizmatlar eksporti (Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida)» hujjat turini tanlang. QQS hisob-kitobida operatsiyaning aks ettirilishi shunga bogʻliq.
Tavsiya
Qaysi shartnomalar xizmatlar eksporti deb tan olinadi va qanday soliqlar toʻlashga toʻgʻri kelishini quyidagi tushuntirishda oʻqing:
– Xizmatlar eksportiga soliq solish tartibi.
Eksport qilishda bir tomonlama EHFni qaysi sanada rasmiylashtirish kerakligini bu yerda oʻqing.
Xizmatlar realizatsiya qilinadigan joyni qanday aniqlash mumkin
Umumiy qoidaga koʻra, agar xaridor Oʻzbekistonda faoliyatni amalga oshirayotgan yoki turgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
.
Lekin ayrim xizmat turlari uchun maxsus qoidalar koʻzda tutilgan. Xususan, realizatsiya qilish joyi:
1. Xizmatlar bevosita bogʻliq boʻlgan mol-mulk joylashgan joy boʻyicha amalga oshirilsa:
- koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar;
- koʻchar mulk bilan bogʻliq xizmatlar;
2. Xizmatlar amalda koʻrsatilgan joy boʻyicha amalga oshirilsa:
- umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, dam olish va turizm sohasidagi xizmatlar;
- mehmonxona xizmatlari;
- madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim sohasidagi xizmatlar;
3. Transport xizmatlari uchun maxsus qoidalar boʻyicha – tashish turi, bajaruvchi, joʻnash va borish punktlariga qarab;
4. Transport vositasi joylashgan joy boʻyicha – transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berishda. Uzoq muddatli ijara uchun sotish joyini sotib oluvchining faoliyat koʻrsatish joyi boʻyicha belgilashning umumiy qoidasi amal qiladi;
5. Ijrochining faoliyatini amalga oshirish joyi boʻyicha – SKning 241-moddasida toʻgʻridan-toʻgʻri sanab oʻtilgan ayrim xizmatlar uchun;
6. Reklama faoliyati amalga oshiriladigan joy boʻyicha – televideniye, radio, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda reklama joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun, agar ular Oʻzbekiston hududida amalga oshirilsa;
7. Sotib oluvchining joylashgan joyi boʻyicha – SKning 282-moddasida nazarda tutilgan elektron shakldagi xizmatlar uchun.
Shunday qilib, EHFni taqdim etish va soliq majburiyatlarini aniqlashdan oldin muayyan xizmat qaysi toifaga mansubligini va unga nisbatan realizatsiya qilish joyini aniqlashning qaysi qoidasi qoʻllanilishini aniqlash zarur.
Tavsiya
Sizga Buxgalter Pro mutaxassislarining tushuntirishlari yordam beradi:
Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish joyini qanday aniqlash mumkin.
![]()