Buxgalterlarning ishini yengillashtirish boʻyicha gʻoyalaringiz bormi? Botga yozing!

preview

«Axir nega buni soddaroq qilish mumkin emas edi?!» – agar bu fikr sizga tanish boʻlsa, endi e’tirozlaringizni Soliq qoʻmitasiga yetkazishning oson usuli mavjud. Nimalarni va qanday oʻzgartirishni xohlayotganingizni toʻgʻridan-toʻgʻri maxsus Telegram-botda yozing.

E’tibor bering

Buxgalteriya yangiliklarini birinchilardan boʻlib bizning Telegram-kanalimizda oʻqing.

 

Soliq qoʻmitasida «Soliq Qoʻmitasiga taklif» maxsus Telegram-boti paydo boʻldi: @soliqtaklif_bot. U orqali fuqarolar va tadbirkorlar soliq ma’muriyatchiligida nimalarni oʻzgartirishni taklif qilishlari mumkin. Oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida yozish mumkin. Bot sizning yoki kompaniyangizning ma’lumotlarini koʻrsatishni talab qilmaydi.

Qoʻmita amaliy ahamiyatga ega boʻlgan asosli takliflarni koʻrib chiqishini ma’lum qildi. Shuning uchun «hammasi murakkab» kabi umumiy shikoyatlar yordam bermasligi mumkin. Yaxshisi, aniq yozing:

1) Qanday vaziyatda va qanday ishni bajarishda qiyinchilik tugʻiladi?

2) Muammo qancha vaqtni oladi, qanday xatolarga yoki qoʻshimcha xarajatlarga olib keladi, jarimalar xavfini tugʻdiradimi?

3) Sizning fikringizcha, aynan nimani oʻzgartirish yoki soddalashtirish kerak?

4) Taklif etilayotgan oʻzgarish kimga va qanday yordam beradi?

Takliflaringizdan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda foydalanish mumkin.

Botga oʻtish

 

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text218291_buhgalterlarning_ishini_engillashtirish_buyicha_goyalaringiz_bormi_botga_ezing