Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Markirovkalangan tovarlar aylanmasini nazorat qilish tizimiga yangi tekshiruv vositasi joriy etildi: soliq organlari tovarlarni realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlari bilan avtomatik tarzda solishtirishni boshladi.
E’tibor bering
Buxgalteriya yangiliklarini birinchilardan boʻlib bizning Telegram-kanalimizda oʻqing.
Soliq qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, bugungi kunda rejalashtirilgan 40 ta xavf mezonidan 8 tasi ishga tushirildi. Ular yaroqlilik muddati oʻtganligi, kodlarning takrorlanishi va tasdiqlanmagan mahsulotlarning sotilishini qayd etadi.
Yangi mezon – mahsulotni sotishda tovar-transport yuk xatlarining (TTYuX) rasmiylashtirilishini tekshirish.
Avtomatlashtirilgan tizim markirovkalangan tovarlarni sotish boʻyicha ma’lumotlarni tovar-transport yuk xatidagi ma’lumotlar bilan solishtirib, soliq tekshiruvlarisiz tafovutlarni aniqlaydi.
Ishga tushgan xavf mezonlari va «shubhali vaziyatlar» toʻgʻrisidagi ma’lumotlar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida aks ettiriladi («Xizmatlar» → «Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasi tizimi» boʻlimi). Bu holda tadbirkorlik sub’yekti xabarnoma oladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining «Raqamli markirovkalash bilan ishlash» servisi orqali murojaatlari soliq organlari (Hududlararo soliq inspeksiyasi) tomonidan 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Bunda javob sifatini baholash koʻzda tutilgan boʻlib, past baholangan murojaatlar rahbariyatning alohida nazoratiga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, soliqchilar markirovka boʻyicha savollaringizga «Yordam_markirovka» telegram-kanalida ham javob berishadi: https://t.me/+tnuhmbTK5X9jODUy
Tavsiya
Buxgalter PRO ekspertlari savdoda markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakligini quyidagi tavsiyada batafsil tahlil qildilar:
![]()