Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2026 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlari soliq qarzini soliq toʻlovchining debitorlari hisobidan undirish huquqiga ega
.
Buning uchun soliq toʻlovchi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish elektron dalolatnomasi bilan murojaat qiladi. Dalolatnoma ikkala taraf tomonidan yoki faqat soliq toʻlovchi tomonidan imzolanishi mumkin. Agar qarzdor soliq organining xabarnomasini olgandan keyin 10 ish kuni ichida asoslantirilgan rad javobini taqdim etmasa, qarz tan olingan deb hisoblanadi
.
Bunday tartib suiiste’mol qilish xavfini tugʻdiradi: boshqa kompaniya xodimi bilan til biriktirib, mavjud boʻlmagan qarzdorlikni koʻrsatib, uning hisobidan oʻz soliqlarini toʻlashga harakat qilish mumkin.
Bunday til biriktirishning shartli ssenariysini, shuningdek, tizim uni oʻtkazib yuborishi mumkin boʻlgan sabablarni auditor, soliqlar va buxgalteriya hisobi boʻyicha ekspert, «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi asoschisi Natalya TURALINOVA tahlil qiladi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusxa olish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Sxema qanday ishlashi mumkin
Shartli misolni koʻrib chiqamiz. Kompaniya nomlari va miqdorlar oʻylab topilgan.
«Beta» MChJning soliq qarzi 500 mln soʻmni tashkil etadi. «Alfa» MChJ bilan hisob-kitoblar toʻliq yakunlangan (yoki umuman mavjud emas), biroq «Beta» MChJ direktori «Alfa» MChJ buxgalteri bilan oʻz soligʻini ushbu kompaniya hisobidan toʻlash haqida kelishib oladi.
1. «Beta» MChJ soliq toʻlash muddatiga qadar pulni affillangan kompaniya hisob raqamlariga oʻtkazadi. Soliq qarzdorligi yuzaga kelganidan soʻng, «Beta» MChJ uni oʻz hisobidan undirib ololmaydi.
2. «Beta» MChJ qarzdorligi boʻlmasa-da, Didox tizimida 500 mln soʻmlik solishtirma dalolatnomani shakllantiradi. «Alfa» MChJ buxgalteri kelishuvga koʻra dalolatnomani javobsiz qoldiradi.
3. «Beta» MChJ soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali murojaat qiladi, solishtirma dalolatnoma ID raqamini koʻrsatadi va hujjatning oʻzini ilova qiladi. Xizmat murojaatni ham ikki tomonlama, ham bir tomonlama hujjat bilan rasmiylashtirish imkonini beradi.
4. Soliq organi «Alfa» MChJga bildirilgan qarzdorlik toʻgʻrisida xabarnoma va hujjatlarni yuboradi. Buxgalter ataylab javob bermaydi. Xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kuni oʻtgach, qarz tan olingan deb hisoblanadi
.
5. Undiruv shartlariga rioya etilganda soliq organi inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi. «Alfa» MChJning bank hisobvaragʻidan «Beta» MChJning soliq hisobiga 500 mln soʻm yechib olinadi.
Kelishuv shartlariga koʻra, buxgalter 150 mln soʻm miqdorida mukofot oladi.
«Alfa» MChJ direktori bank hisob-kitobini koʻrib turibdi. Buxgalter pul soliqlarga ketganini tushuntiradi, lekin kompaniya boshqa korxonaning soliq qarzini toʻlaganini aytmaydi.
Nima uchun bu sxema amalga oshishi mumkin
SKning 121-1-moddasi faqat soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan solishtirma dalolatnoma bilan murojaat berishga imkon beradi. Agar qarzdor belgilangan muddatda asoslangan rad javobini taqdim etmasa, bildirilgan qarz tan olingan deb hisoblanadi.
Bir tomonlama dalolatnomaga qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak, biroq ularning toʻliq roʻyxati SKda belgilanmagan.
Amaliyotda murojaat berilganda tizim taqqoslash dalolatnomasi ID boʻyicha ma’lumotlarni oladi. Foydalanuvchi qoʻshimcha ravishda dalolatnoma faylini yuklaydi va kerakli satrlarni toʻldiradi. Murojaat berilgandan soʻng koʻrib chiqish uchun kelib tushadi. Shu bilan birga, bunday murojaatlarni koʻrib chiqishning e’lon qilingan reglamenti hali mavjud emas, shuning uchun bildirilgan qarzdorlikni tekshirish tartibi noaniqligicha qolmoqda.
Shunday qilib, qarzdorlik boʻlmasa ham, asoslangan rad etishning yoʻqligi kompaniyaning bank hisobvaragʻidan pul yechib olinishiga olib kelishi mumkin.
Noqonuniy toʻlov uchun kim javobgar
Til biriktirish ishtirokchilarining harakatlarida firibgarlik alomatlari boʻlishi mumkin
. Yakuniy huquqiy kvalifikatsiyani huquqni muhofaza qiluvchi organlar belgilaydi.
Soliq organining javobgarligi masalasi murakkabroq. SKning 121-1-moddasi undiruvni bir tomonlama dalolatnoma asosida va qarzdorning e’tirozi boʻlmaganda amalga oshirishga yoʻl qoʻyadi. Bunda u soliq organining kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning haqiqiy holatini tekshirish boʻyicha maxsus majburiyatini nazarda tutmaydi. Shuning uchun, agar soliq organi belgilangan tartibga rioya qilgan boʻlsa, mavjud boʻlmagan qarzdorlikni undirish oʻz-oʻzidan uning harakatlari noqonuniy boʻlganligini anglatmaydi. Bunday holda davlat hisobidan zararni qoplash uchun asos boʻlmasligi mumkin.
Tavsiya
«Alfa» MChJ oʻz pullarini saqlab qolish uchun nima qilishi kerak edi
Til biriktirgan ishtirokchilar javobgarlikka tortilsa ham, pulni tezda qaytarib boʻlmaydi va davlat hisobidan qoplash uchun asos boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun oʻzingizni ertaroq himoya qilishingiz kerak – bu haqda «Debitor hisobidan soliq qarzi: uni qanday toʻlash va himoyalanish yoʻllari» mavzusidagi vebinarda batafsil suhbatlashamiz.
Vebinar vaqti: bugun, 2026 yil 20 noyabr, soat 15:30 da rus tilida onlayn tarzda oʻtkaziladi.
Vebinarni auditor, soliqlar va hisob boʻyicha ekspert, «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi asoschisi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Natalya TURALINOVA olib boradi. Bosh buxgalter sifatida 20 yillik ish tajribasiga ega, buxgalter.uz saytidagi doimiy tushuntirishlar muallifi.
Biznesning nazorat uchun qoʻshimcha xarajatlari
Bunday suiiste’molchiliklardan himoyalanish uchun kompaniyalar qoʻshimcha nazorat tartib-qoidalarini joriy etishga majbur: soliq organining bildirishnomalari va kiruvchi solishtirish dalolatnomalarini har kuni tekshirish, javob berish muddatlarini nazorat qilish, xodimlarning vakolatlarini taqsimlash va bankdan mablagʻ yechib olish asoslarini tekshirish kerak.
Bu ish vaqtini talab qiladi va biznes xarajatlarini oshiradi.
Soliq undirishning yangi mexanizmi hatto oʻz kontragentlaridan hech narsa qarzdor boʻlmagan halol kompaniyalar uchun ham xavf-xatarlar va qoʻshimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Oʻz pullarini himoya qilish uchun ular nafaqat oʻzlarining soliq majburiyatlarini, balki boshqalarning qarzlari boʻyicha ehtimoliy talablarni ham nazorat qilishlari kerak.
Murojaatni rasmiylashtirish tartibi, javob berish muddatlari, asoslantirilgan rad etishni tayyorlash va undiruv ustidan shikoyat qilishni «Soliq qarzini debitorlar hisobidan undirish toʻgʻrisidagi murojaatni qanday rasmiylashtirish kerak» tavsiyasida batafsil koʻrib chiqamiz.
Tavsiya
Soliq kodeksining 121-1-moddasi mexanizmi qachon siz uchun ishlaydi
Agar kompaniyangizning soliq qarzi boʻlsa-yu, xaridor joʻnatilgan tovar uchun haq toʻlamasa, xuddi shu tartibdan qonuniy ravishda foydalanish: soliqni haqiqiy debitorlik qarzi hisobidan toʻlash mumkin. Ammo sizning toʻgʻri harakatlaringiz muhim!
Buxgalter Pro «Soliq qarzini debitorlar hisobidan undirish toʻgʻrisidagi murojaatni qanday rasmiylashtirish kerak» tavsiyasida ekspertlar ushbu tartibni bosqichma-bosqich tushuntirib berishdi.
Shu yerda:
– oʻz mablagʻlari mavjud boʻlganda soliq qarzini undirish misoli;
– soliqni hech qachon toʻlamaslikka olib keladigan xatolar – ulardan qochish muhim;
– tayyor oʻtkazmalar.
![]()