Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Buxgalter 6 noyabr kuni «soddalashtirilgan» QQS (6%) boʻyicha hisobotni topshirdi va darhol soliqni toʻladi. Biroq, uni zarur boʻlgan 215-kod oʻrniga 1-kodga toʻlab yubordi. Buni 13-sana, juma kuni soat 17:00 da – ramziy bir kunda payqab qoldi. Oldinda dam olish kunlari, bezovtalik boshlandi…
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola koʻrsatilgan yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
16 noyabr, dushanba kuni buxgalter toʻlangan QQS summasini 1-koddan 215-kodga oʻtkazish toʻgʻrisida murojaat tayyorlab, shaxsiy kabineti orqali yubordi.
Ishni tezlashtirish maqsadida inspektorga qoʻngʻiroq qilishga qaror qildi. Soliq mobil ilovasi va shaxsiy kabinetida turli inspektorlarning ma’lumotlari koʻrsatilganini koʻrib, uning hayrati yanada oshdi. Inspektorlardan biri anchadan beri u yerda ishlamasligini aytib, telefon raqami hali ham bazada turganiga hayron boʻldi. Ikkinchisi ham ishdan ketganini ma’lum qildi.
Faqat Telegram orqali yozgandan keyingina, buxgalter javob va amaldagi xodimning raqamini oldi.
«Tizimda hali ham tuzatilmagan…»
QQS summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat qoʻshimcha ravishda Telegram orqali ham yuborildi.
3 kun kutishga toʻgʻri keldi: natijada 18 noyabr kuni shaxsiy kartochkadagi pul «qaytarildi», ustunida oʻtkazma summasi aks etdi. Shunisiga ham rahmat!
Qaytarish jarayoni bir zumda amalga oshmaydi, soliq tizimining oʻz tartib-taomillari bor, buni ham tushunsa boʻladi.
Bu buxgalterda-ku zaxirada oʻsha 3 kun bor edi, ammo bunday xatoni 19, 20-sanalarda payqab qolganlar nima qilsin? Yagona yoʻl – soliqni qaytadan, ammo bu safar toʻgʻri toʻlash va keyin pul oʻtkazilishini kutish.
Bunday vaziyatga faqat bitta buxgalter tushib qolmagan. Quyida buxgalterlar chatlaridagi muhokamalardan parchalar keltirilgan:
– «Xayrli kech, oktyabr oyidan soddalashtirilgan QQSga oʻtgandik, shoshilinchda 1-kod boʻyicha toʻlab yuboribman, buni hozir bildim. Ayting-chi, buni qanday tuzatsa boʻladi, 215-kodga oʻtkazish imkoni bormi yoki ularga faqat oʻtkazish haqida xat kerakmi? Ertaga esa soliq toʻlashning oxirgi kuni… shu holatga duch kelganlar boʻlsa, ma’lumot bilan boʻlishinglar, iltimos».
– «… men inspektor bilan bogʻlandim, u menga 215-shaxsiy kartochkani ochib berdi. Hisobotni topshirdim va darhol QQS 1-koddan QQS 215-kodga oʻtkazish boʻyicha xat yozdim, u oʻzi shunday qilishni aytdi; u xatni koʻrib chiqib, oʻtkazish uchun Qoʻmitaga yubordi».
– «Menda esa shaxsiy kabinetning «Oʻzaro munosabatlar» boʻlimida 20.11.2026 yil holatiga (bugun kirdim) ijro muddati – 16.12.2026 yil deb koʻrsatilgan, xat hali ham koʻrib chiqilmoqda. QQSni toʻlashning oxirgi kuni esa – 20.11.2026 yil. Nima qilsam ekan?»
Yuridik va texnik jihatdan mablagʻlarning turli soliq kodlari oʻrtasida har qanday «oʻtkazilishi» (shu jumladan, rekvizitlar yoki toʻlov kodidagi xatolik tufayli) ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olishga tenglashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish tartibi SKning 12-bobida belgilangan. Ushbu qoidalar xato toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Shu bois, summani 1-kodli kartochkadan 215-kodli kartochkaga faqatgina my.soliq.uz portalidagi SKning 103–104-moddalari reglamenti asosida ishlaydigan «Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summalarini qaytarish va hisobga olish» interaktiv xizmati orqali oʻtkazish mumkin.
Buxgalterlarda esa tabiiy savol va istak tugʻiladi: «Nima uchun dasturda toʻlangan QQS summasini koddan-kodga avtomatik tarzda oʻtkazish imkoniyatini yaratish mumkin emas? Masalan, «toʻlovni aniqlashtirish» funksiyasini joriy etish mumkin edi – bu shunday vaziyatlarda juda qulay boʻlardi».
Ammo hozircha my.soliq.uz portalida bunday funksiya yoʻq, kelajak uchun maslahat: shu kabi tushunmovchiliklar va toʻlovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish uchun hisobot topshirishni oxirgi kunlarga qoldirmang hamda tizimga ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli boʻling!
Buxgalter.uz tavsiya etadi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi