Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yaqinlashib kelayotgan naqd pul ayirboshlash haqidagi mish-mishlarni rad etdi: muomaladagi barcha kupyuralar va tangalar toʻlov kuchini saqlab qoladi va cheklovlarsiz nominal boʻyicha qabul qilinadi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Amaldagi pullar muomalada qoladi, ular bilan avvalgidek doʻkonlarda, bozorlarda va har qanday kassa operatsiyalarini oʻtkazishda hisob-kitob qilish mumkin. Biznes va fuqarolardan hech qanday qoʻshimcha harakatlar talab qilinmaydi.
19.02.2027 yildan kuchga kiradigan yangi Yoʻriqnoma (17.11.2026 y. AV roʻyxat raqami 3977-son) faqat kelajakdagi emissiyalarga qoʻyiladigan texnik talablarni belgilaydi, biroq naqd pulni almashtirish kampaniyasini boshlamaydi. U tijorat banklarining muomaladagi banknot va tangalarni uzluksiz qabul qilish hamda ularni boshqa nominallarga bepul almashtirish majburiyatini mustahkamlaydi.
21.10.2026 yildagi OʻRQ-1184-son Qonunning 2-moddasida (22.04.2027 yildan kuchga kiradi) toʻgʻridan-toʻgʻri quyidagilar belgilangan:
«Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlarda, milliy valyutada va qimmatli qogʻozlarda ushbu Qonun tahriri asosida takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud boʻlishi ularning amal qilishiga va muomalada boʻlishiga monelik qilmaydi».
Ya’ni, kelajakda regulyator yangilangan alifbo (Ş, Ç, Ö, Ğ harflari) bilan pul belgilarini chiqarsa, ular eskilari bilan bir qatorda ishlatiladi. Yangi namunadagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabarni, shuningdek ularning tavsifini Markaziy bank ommaviy axborot vositalarida ular muomalaga chiqariladigan sanadan kamida bir hafta oldin e’lon qilishi shart (17.11.2026 y. 3977-son Yoʻriqnomaning 17-b.).
Tavsiya
«Naqd pul operatsiyalari qanday amalga oshiriladi» tavsiyasida mutaxassislar kassa operatsiyalari boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatmalarni jamladilar:
• hisob raqamidan pul yechib olishning maqsadi va tartibi, shuningdek bank komissiyasini hisobga olish;
• kassadan mablagʻlarni berish (shu jumladan ishonchnoma boʻyicha) va uni hisobda aks ettirish;
• pullarning saqlanishini ta’minlash, kassa hujjatlarini saqlash muddatlari va qoidabuzarliklar uchun javobgarlik.
![]()