Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
E-ijara tizimida navbatdagi kutilmagan sovgʻa: ikkilamchi ijara shartnomasi «rad etildi»
Tashkilot ikkilamchi ijara shartnomasi asosida ishlaydi. 20 noyabr kuni buxgalter E-ijara tizimida amaldagi bino ijarasi shartnomasi yoʻqolganini va «rad etilgan» holatiga oʻtganini aniqladi (rad etish sanasi – 19 noyabr). Natijada kompaniyaning barqarorlik reytingi pasaya boshlaydi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E-ijara shaxsiy kabinetida nimalar aks ettiriladi
Buxgalter sodir boʻlgan voqeani tushunish uchun hujjat kartochkasini ochganida, quyidagilar ma’lum boʻldi. Tizimda ikkilamchi ijara shartnomasini bekor qilish sababi sifatida quyidagilar koʻrsatilgan: «Sotib yuborilganligi uchun avtomat bekor qilindi». Vaholanki bunda hech qanday bino sotilmagan!
Tizimdagi ma’lumotlarga koʻra, hujjat ijaraga beruvchi tomonidan 19.11.2026 yil soat 20:02:58 da bekor qilingan.
Shu sababli tadbirkorning reytingida darhol 5 ball olib tashlandi: «Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi hisobga qoʻyilganligi: mavjud emas». Shu bilan birga, ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetida bu shartnomalar butunlay yoʻq boʻlib ketgan, goʻyo ular hech qachon boʻlmagan.
Tavsiya
Elektron platforma qanday tuzilganligi, ballar qanday mezonlar asosida hisoblanishi va hisobdan chiqarilishi hamda yuqori maqom qanday imtiyozlar berishi haqida «Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi» tavsiyasida oʻqing.
Soliq idorasi nima deyapti
Buxgalter 1198 raqamli qoʻngʻiroq markaziga qoʻngʻiroq qildi (qoʻshimcha 4 – texnik masalalar boʻyicha). Qoʻngʻiroq qilish birinchi urinishda amalga oshmadi – avval u navbatda 43-oʻrinni egalladi, keyin 36-oʻrinni egalladi, ammo baribir operator bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻlindi.
U ma’lumotlarni (STIR, telefon raqami) yozib oldi va arizani tegishli boʻlimga topshirganini ma’lum qildi. Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga vaziyat allaqachon ma’lum boʻlgani quvonarli.
Ushbu muammo avtomatik ravishda hal boʻladimi yoki hujjatlarni qaytadan taqdim etish kerakmi, degan savolga soliq idorasi: shartnomalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish shart emas, mutaxassislar hammasini oʻzlari tuzatishadi, deb javob berdi.
Endi kutish qoldi...
Kasbiy chatlardagi yozishmalar shuni koʻrsatadiki, boshqa buxgalterlar ham xuddi shunday muammoga duch kelishgan:
– Hamkasblar, assalomu alaykum! E-ijara saytidagi shartnomalar hech kimda «uchib ketmadimi»? Binoni hech kim sotmagan boʻlsa-da, bino sotilishi sababli rad etilgan.
– Ha, bugun kechasi shu haqda gapirishyapti, ayniqsa kimning ikkilamchi ijarasi boʻlsa.
Tavsiya
«Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi soliq organlarida qanday hisobga qoʻyiladi» tavsiyasida – roʻyxatdan oʻtkazishning barcha nozik jihatlari: ijara.soliq.uz orqali shartnomani qanday toʻgʻri roʻyxatdan oʻtkazish, ikkilamchi ijarani rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari va guvohnomaga qanday oʻzgartirishlar kiritish haqida ma’lumot berilgan.
Bu vaziyatda esa reyting pasayishda davom etmoqda...
Yuliya TARShILOVA tayyorladi