Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Noyabr oyida yuridik shaxslar EHA orqali ekologiya organlaridan atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobini 5 kun muddatda taqdim etish talabi bilan koʻrsatmalar oldilar. Talab bajarilmagan taqdirda, rahbarlar ma’muriy javobgarlikka tortilishlari haqida ogohlantirilmoqda.
Agar hisobot topshirish muddati hali kelmagan boʻlsa yoki korxona ilgari kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamagan boʻlsa, hisob-kitobni taqdim etish kerakmi? Olingan koʻrsatmaga qanday munosabat bildirish kerak?
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusxa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola koʻrsatilgan yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
Kimlar hisob-kitobni taqdim etishi va kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashi shart
Atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar doirasi Nizomning
5-bandi bilan belgilangan. Ularga quyidagilar kiradi:
- atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi va oqizuvchi, chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;
- shaharlar va aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni me’yordan ortiqcha oqizuvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Byudjet tashkilotlari, davlat Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi va uning hududiy boshqarmalari uchun alohida tartib nazarda tutilgan.
Kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibi va toʻlash muddatlari, shuningdek, ekologik ekspertizadan oʻtish majburiyati atrof-muhitga ta’sir toifasiga bogʻliq.
2026 yil 14 avgustdan boshlab atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi va majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan faoliyat turlari hamda ob’yektlarning yangi Roʻyxati amal qilmoqda
.
Atrof-muhitga ta’sirning toʻrtta toifasi oʻrniga endi 3 ta toifa nazarda tutilgan. Tasniflash mezonlari oʻzgardi: koʻplab faoliyat turlari uchun uskuna quvvati, ishlab chiqarish hajmi, ob’yekt maydoni va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi.
Masalan, III toifaga dorixonalar, tibbiyot va ta’lim muassasalari; umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari; savdo markazlari va bozorlar; savdo maydoni 200 kv. m dan ortiq boʻlgan doʻkonlar; noturar bino va inshootlar (maydon boʻyicha cheklovlar koʻrsatilmagan holda) kiritilgan.
Agar yuridik shaxsingiz ilgari kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamagan boʻlsa, uning faoliyati yoki u foydalanayotgan ob’yektlar qaysi toifaga kirishini hamda toʻlovlar uchun asos bor-yoʻqligini tekshirib koʻring.
E’tibor bering
Roʻyxatda faoliyat turining mavjud emasligi ekologik majburiyatlardan avtomatik ravishda ozod qilinishni anglatmaydi. Roʻyxatga berilgan izohlarning 1-bandiga muvofiq, unga kiritilmagan faoliyat turlari ham davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi, ob’yektlar esa kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar boʻlishi mumkin. Bunday hollarda ta’sir toifasini ekspert kengashi taqdim etilgan materiallar asosida yoki joyiga chiqib oʻrganish natijalari boʻyicha belgilaydi.
Agar ob’yektingiz Roʻyxatning oʻzgarishi munosabati bilan boshqa toifaga oʻtgan boʻlsa, hududiy ekologiya organidan quyidagilarni aniqlashtirib oling:
- davlat ekologik ekspertizasining ilgari olingan xulosasi oʻz kuchini saqlab qoladimi;
- ekologik me’yorlarni qayta koʻrib chiqish yoki yangi ekspertizadan oʻtish zarurmi;
- kompensatsiya toʻlovlarini qanday tartibda hisoblash kerak va hokazo.
Tavsiya
2026 yilda kompensatsiya toʻlovlariga taalluqli 4 ta NHH, jumladan, ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar ushbu toʻlovlarga karrali miqdorda hisoblanishini belgilovchi qonun qabul qilindi.
Buxgalter Proda yangilangan «Atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qanday toʻlash kerak» tavsiyasidan quyidagilarni bilib oling:
• summalarni qanday hisoblash, toʻlovlarni oʻtkazish va hisobotni taqdim etishni;
• ushbu toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni qachon hisobdan chiqarish yoki ularning bir qismini qaytarib olish mumkinligini;
• toʻlov miqdori qachon bir necha barobar oshirilishini;
• bu xarajatlarni hisobda qanday aks ettirish kerakligini.
Hisob-kitobni 5 kun ichida taqdim etish kerakmi
Koʻrsatmada ekologiya organi qaysi hisobot davri uchun hisob-kitobni taqdim etishni talab qilayotgani hamda kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar safiga kiritish asosi aytilmagan.
I va II toifali sub’yektlar hisob-kitobni har chorakda taqdim etadi. 2026 yilning IV choragi uchun topshirishning soʻnggi kuni – 2027 yil 14 yanvar.
III toifali sub’yektlar hisob-kitobni yiliga bir marta taqdim etadi. 2026 yil uchun topshirishning soʻnggi kuni – 2027 yil 22 yanvar.
Ya’ni, 2026 yil yakunlari boʻyicha hisob-kitobni topshirish uchun hali vaqt bor.
Agar siz kompensatsiya toʻlovchisi boʻlsangiz, korxonada oldingi hisobot davrlari uchun taqdim etilmagan hisob-kitoblar bor-yoʻqligini tekshirib koʻring. Va ularni zudlik bilan topshiring.
Koʻrib turganimizdek, elektron hisob-kitobda hozircha 4 ta toifaga boʻlinish saqlanib qolmoqda va 2026 yil uchun hisob-kitobni taqdim etish muddatlari faqat ikkita toifa uchun koʻrsatilgan. Faoliyat turi va ob’yekt toifasini tekshiring. Kompaniyangiz boʻyicha bu savollarni bevosita ekologiya organi xodimlariga berishingizga toʻgʻri keladi.
Oʻzingizni kompensatsiya toʻlovchisi deb hisoblamasangiz, nima qilish kerak
Hatto korxona ilgari kompensatsiya toʻlovlarini toʻlamagan va siz ularni hisoblash uchun asos koʻrmayotgan boʻlsangiz ham, koʻrsatmani javobsiz qoldirmang.
Masalan, kompaniyangizda ishlab chiqarish ob’yektlari yoʻq, u kichik ofisni ijaraga oladi, avtomobil va xususiy isitish uskunalariga ega emas, chiqindilarni olib chiqishni esa ijaraga beruvchi tashkil qiladi.
Bunday vaziyatda ekologik majburiyatlar bevosita kompaniyangizda yuzaga kelish-kelmasligini aniqlash lozim.
Toshkent shahar hududiy ekologiya organida bizga korxona quyidagilarni koʻrsatgan holda yozma javob yuborishi kerakligini ogʻzaki tushuntirishdi:
- haqiqatda amalga oshirilayotgan faoliyat turlari;
- foydalanilayotgan ob’yektlarning manzillari va maydonlari;
- ob’yektlardan foydalanish asoslari (mulk, ijara);
- xodimlar soni.
Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida mutaxassislar hisob-kitobni taqdim etish zarurligi masalasini koʻrib chiqadilar.
Xatda ekologiya organidan korxona qanday asosga koʻra kompensatsiya toʻlovlarini toʻlovchilar qatoriga kiritilganini, uning ob’yekti qaysi ta’sir toifasiga mansubligini va qaysi hisobot davri uchun hisob-kitob taqdim etish zarurligini tushuntirib berishni soʻrang. Yozishmalarni va xat joʻnatilganini tasdiqlovchi hujjatni saqlab qoʻying.
Korxona rahbari jarimaga tortilishi mumkinmi
MJtKning 197-6-moddasida davlat inspektorlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Mansabdor shaxslar uchun jarima BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha boʻlgan summani tashkil etadi.
Biroq, koʻrsatma olishning oʻzigina korxona qonunchilikni buzganligini anglatmaydi. Korxonada tegishli majburiyat boʻlgan-boʻlmaganligini va u haqiqatan ham uni bajarmaganligini aniqlash lozim.
Ekologiya organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin
.
Gilyara TEMIRYaNOVA tayyorladi