ShJBPH

Material sanasi 24.09.2026
Ish beruvchi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (ShJBPH) shtatdagi xodimlar, oʻrindoshlar, ishlovchi pensionerlar va FHT shartnomalari boʻyicha ijrochilarning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi barcha JShDSga tortiladigan daromadlardan badallar hisoblashi shart. Bundan tashqari, xodim JShDSga tortilmaydigan ixtiyoriy badallarni toʻlashi mumkin. 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab 23.06.2026 yildagi PF-115-son Farmonga muvofiq MHTEKM oshirildi – imtiyozli toifalar daromadining soliq solinmaydigan qismi va shunga mos ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badalni hisoblash bazasi uning miqdoriga bevosita bogʻliq. ... 

Material sanasi 01.01.2026
2021 yil 1 iyundan 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalarini berish bilan bir vaqtda jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish amalga oshiriladi. Ammo korxonaga ilgari rasmiy ravishda ishlamagan katta yoshdagi shaxs – pasport bilan, lekin ShJBPH raqamisiz kelib qolishi mumkin. Siz uning roʻyxatga olinishi masalasini «Xalq banki» sayti orqali nisbatan tez hal qilishingiz mumkin. Buxgalter.uz nimani va qanday qilish kerakligini tushuntiradi: ... 

Material sanasi 01.01.2026
«Xalq banki» tizimiga tashkilotning STIRi boʻyicha barcha xodimlarni bitta tugma yordamida qoʻshish mumkin. Qayta tashkil etilayotgan kompaniyalar uchun foydali funksiya. Buxgalter.uz qanday qilishni tushuntirib beradi: ... 

Material sanasi 01.01.2026
ShJBPHni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetda shakllantirish, reyestrni esa nps.xb.uz da joʻnatish mumkin. Buni qanday amalga oshirishni tushuntiramiz: ... 

Material sanasi 10.11.2025
Ish beruvchilar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha reyestrlarni taqdim etadilar va xodimlarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badallar toʻlaydilar. Hisoblash, umuman olganda, murakkab emas, lekin amalda nozik tomonlari boʻlishi mumkin. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy badallarni va olinishi lozim boʻlgan ish haqi miqdorini qanday hisoblashni misol tariqasida koʻrib chiqamiz: ... 

Material sanasi 30.04.2025
«Xalq banki» «INPS bo'yicha savollar» TG-guruhida ShJBPH boʻyicha hisobotga kirishning muqobil usulini taklif qildi. Balki kimgadir foydasi tegar: ... 

Material sanasi 27.10.2021
“Korxona yozda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllagan holda xodimlar va ta’sischilarning bolalari uchun oromgohga yoʻllanmalar uchun toʻlovni amalga oshirdi. Hozir bizni auditorlar tekshirishmoqda, bu jarayonda nizoli savollar yuzaga keldi: mazkur toʻlovlarga JShDS solinadimi, bunday xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanadimi”. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV tushuntirdi: ... 

Material sanasi 26.07.2021
Agar korxonada bir nechta xodimlarda ShJBPHda xatolar aniqlangan boʻlsa, korxona ularni ishdan bezovta qilmasdan yordam berishi mumkinmi? Xodimga Xalq bankida amaldagi pasportga muvofiq ShJBPHga tuzatish kiritishdi, biroq yangi schyotga eskisidan jamgʻarma qanchalik tez oʻtkaziladi? ShJBPH soʻrovnomasidagi kirilldagi ma’lumotlar qanday lotin yozuviga oʻtkaziladi? Agar buxgalterning kompyuterida ShJBPH sayti ochilmasa, nima qilish kerak? ... 

Material sanasi 05.02.2020
Koʻp korxonalar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida ShJBPHga oʻtkazilgan badallarga ShJBPH reyestrlarini Xalq banki sayti https://nps.xb.uz/nps orqali taqdim etish toʻgʻrisida bildirishnoma-xat olishdi. ...