Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Qanday qilib ShJBPHga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish va hisobotni joʻnatish kerak
ShJBPHni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetda shakllantirish, reyestrni esa nps.xb.uz da joʻnatish mumkin.
Buni qanday amalga oshirishni tushuntiramiz:
Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. ShJBPHni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini qanday shakllantirish kerak
My.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetda:
- «Yuridik shaxslar soliqlarini toʻlash» boʻlimiga kiring;
- «101 – ShJBPHga ajratma»ni tanlang va oʻz ma’lumotlaringizni toʻldirib toʻlov topshiriqnomasini joʻnating. Toʻlovdan soʻng u «Xalq banki» tizimidagi ShJBPH boʻyicha hisobotda avtomatik ravishda aks etadi.
2. ShJBPH boʻyicha Reyestrni qanday joʻnatish kerak
1) nps.xb.uz/nps/auth.fb dagi shaxsiy kabinetga kiring. Kirishning muqobil varianti haqida biz bu yerda yozganmiz > > >
2) reyestrda toʻldirilmagan maydonlarni toʻldiring. Agar siz toʻlovni amalga oshirgan boʻlsangiz, toʻlov topshiriqnomasi, uning raqami va sanasi reyestrda allaqachon aks etgan boʻlishi kerak. «Saqlash» tugmasiga bosing;
3) «Xodim qoʻshish» katakchasi orqali har bir xodim uchun ma’lumotlarni toʻldiring. Agar sizda xodimlar soni koʻp boʻlsa, «Reyestr qoʻshish» va keyin «Faylni yuklash» tugmachalari orqali ma’lumotlarni yuklash mumkin.
E’lon qilingan va haqiqiy summa har doim bir xil boʻlishi kerak. Agar mos kelmasa, demak kimningdir ma’lumotlari notoʻgʻri kiritilgan.

4) Reyestrni shakllantirgandan soʻng «Barcha reyestrlar» qismida shakllantirilgan reyestrni tasdiqlang. Shundan soʻng uning holati «Oʻtkazilgan»ga oʻzgaradi.
3. Soʻrovnoma qanday qoʻshiladi
Agar reyestrga yangi xodimni qoʻshishingiz kerak boʻlsa, buni «Soʻrovnomalar» katakchasi orqali amalga oshirish mumkin. «Soʻrovnomani qoʻshish»da ShJBPH raqamini kiriting, «qidirish» tugmasiga bosing. Kerakli ma’lumotlar chiqqanda, «Qoʻshish» katakchasiga bosing.

Agar oldin ishdan boʻshatilgan xodim sizga qaytib kelgan boʻlsa (siz uni roʻyxatda «Boʻshaganlar»ga oʻtkazgan boʻlsangiz), bu holda tiklash uchun «Qaytarish» katakchasiga bosishingiz kerak va u yana kerakli holatda paydo boʻladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi


