Yangi

Oʻzbekistondagi APA kelishuvi: kompaniyalar transfert narxlari boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlardan qanday himoyalanishi mumkin

29.09.26
Oʻzbekistonda soliq solish maqsadlari uchun narx belgilash toʻgʻrisidagi birinchi bitim (Advance Pricing Agreement, ARA) tuzildi, deb xabar bermoqda Soliq qoʻmitasi. Mazkur mexanizm Soliq kodeksida 2020 yildan nazarda tutilgan boʻlsa-da, amaliyotda birinchi marta qoʻllanilmoqda. ARA nima ekanligini, uni kim tuzishi mumkinligini va u kompaniyalarga nima berishini koʻrib chiqamiz.

Fermer xoʻjaliklari bepul buxgalteriya xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻldi

29.09.26
Adliya vazirligi «Soliq-servis» AJ tomonidan fermer xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjat xoʻjaliklar rahbarlari va buxgalterlari uchun muhimdir, ular hisobni mustaqil yuritish yoki uni topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar. Qaysi xoʻjaliklarga bepul, qaysilariga pullik shartnoma asosida xizmat koʻrsatilishi, xizmat koʻrsatishga nimalar kirishi va unga qanday ulanish haqida buxgalter.uz sahifasida «Norma» mutaxassisi Oleg SOY soʻzlab beradi.

Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojxona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi

28.09.26
Bojxona qoʻmitasi «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimida allaqachon yetkazib berilgan mahsulotlar uchun toʻlovni kechiktirayotgan ishonchsiz xorijiy hamkorlar – kompaniyalar reyestri shakllantirilganini ma’lum qildi. Yangilik tashqi savdo shartnomalarini tuzadigan Oʻzbekistonning barcha rezidentlariga, birinchi navbatda eksport qiluvchilarga taalluqli: kontragentni tekshirish endi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishga kiritilgan va hisob-kitob shartlarini tanlashga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Eksport paytida kontragentlarni qanday tekshirish va soliq nozikliklarini hisobga olish haqida buxgalter.uz saytida «Norma» eksperti Oleg SOY tushuntirish beradi.

ShJBPHga badallar: majburiy va ixtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak

24.09.26
Ish beruvchi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga (ShJBPH) shtatdagi xodimlar, oʻrindoshlar, ishlovchi pensionerlar va FHT shartnomalari boʻyicha ijrochilarning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi barcha JShDSga tortiladigan daromadlardan badallar hisoblashi shart. Bundan tashqari, xodim JShDSga tortilmaydigan ixtiyoriy badallarni toʻlashi mumkin. 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab 23.06.2026 yildagi PF-115-son Farmonga muvofiq MHTEKM oshirildi – imtiyozli toifalar daromadining soliq solinmaydigan qismi va shunga mos ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga badalni hisoblash bazasi uning miqdoriga bevosita bogʻliq.

Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda...

24.09.26
Soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan tahlili soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirishi kerak: tizim turli manbalardan olingan ma’lumotlarni taqqoslaydi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tafovutlarni aniqlaydi.

Yirik soliq toʻlovchi va yirik tadbirkorlik sub’yekti: farq nimada

21.09.26
Nomlar deyarli bir xil, ammo ular turli mezon va oqibatlarga ega boʻlgan ikki xil tushunchadir. Kompaniya daromad hajmi boʻyicha yirik tadbirkorlik sub’yekti boʻlishi va yirik soliq toʻlovchi hisoblanmasligi mumkin yoki aksincha. 2026 yil 1 iyuldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish mezonlari PF-95-sonli Farmon bilan oʻzgartirildi, OʻRQ-1168-sonli Qonun esa tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlarini mustahkamladi. Bu tushunchalarni chalkashtirish hisobotlarni qayerga topshirish va soliq auditini kim oʻtkazishini notoʻgʻri belgilash xavfini tugʻdiradi.

Tovarlarni muddatli toʻlovga sotasizmi? Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtish kerakligini tekshirib koʻring

16.09.26
Kompaniya tovarni muddatli toʻlov sharti bilan sotadi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab muddatli toʻlov xizmatlarini faqat Markaziy bank reyestriga kiritilgan kompaniyalar koʻrsatishi mumkin boʻladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvlar ushbu xizmat ta’rifiga mos kelmaydi, shuning uchun buxgalter oʻzgarishlar uning kompaniyasiga taalluqli emas deb qaror qildi. Ammo roʻyxatdan oʻtish va yangi muddatli toʻlov qoidalariga rioya qilish majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchida ham paydo boʻlishi mumkin.

1 sentyabrdan BHMning oshirilishi xizmat safari xarajatlarini hisoblashga qanday ta’sir koʻrsatadi

16.09.26
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab avvalgi 412 000 soʻm oʻrniga yangi BHM – 440 000 soʻm amal qiladi (23.06.2026 y. PF-115-son). Ushbu koʻrsatkichga xizmat safarlarida tasdiqlovchi hujjatlarsiz sutkalik, yoʻlkira va yashash xarajatlari me’yorlari bogʻlangan. Oʻzgarish barcha ish beruvchilarga taalluqli boʻlib, sentyabr oyining boshidan xizmat safari xarajatlarini qayta hisoblashni talab qiladi.

Norezidentga oraliq dividendlar: hisobga olish har bir toʻlovda qoʻllanmaydi

14.09.26
Kompaniya Oʻzbekistonning boshqa bir yuridik shaxsidan dividendlar oldi, bu summaga soliqni toʻlovchi manbaida ushlab qolinadi. Endi kompaniya foydani xorijiy muassisga taqsimlamoqda. Norezidentga dividend toʻlash chogʻida, olingan dividendlardan avval ushlab qolingan soliq summasiga soliqni kamaytirish mumkinmi? 2026 yil 1 yanvardan boshlab bunday imkoniyat paydo boʻldi. 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-sonli Qonun bilan Soliq kodeksining 354-moddasiga norezidentlarga toʻlovlar amalga oshirilganda “oʻtuvchi” dividendlar boʻyicha hisobga olishni nazarda tutuvchi 3-qism kiritildi. Ilgari bunday mexanizm faqat Soliq kodeksining 345-moddasi 2 va 3-qismlariga asosan rezidentlarga toʻlovlar uchun qoʻllanilardi. Xoʻsh, hisobga olishni qaysi norezidentlarga nisbatan qoʻllash mumkin? Soliq kodeksining 354-moddasi 3-qismida “norezident” soʻzi qoʻllanilgan, biroq gap yuridik yoki jismoniy shaxs haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. Vaholanki, dividend oluvchining maqomi hisob-kitobga bevosita ta’sir qiladi. 100 mln soʻm miqdoridagi olingan dividendlar boʻyicha ikkita toʻlov uchun jami soliq 5 mln soʻmdan 14,5 mln soʻmgacha miqdorni tashkil etadi. Bunda dividendlar summasi, ulush va egalik qilish muddati bir xil, farq faqat oluvchining maqomi tufayli yuzaga keladi.

Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib xatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin

14.09.26
Ijrochining maqomi shartnoma tuzish chogʻidayoq aniqlanishi lozim. Toʻlovga soliq solish tartibi va tashkilotning majburiyatlari shunga bogʻliq boʻladi. Agar bu ma’lumot boʻlmasa, buxgalter toʻlovni oʻtkazishdan oldin ijrochining oʻzidan maqomini tasdiqlovchi hujjatni soʻrashi kerak. Biroq amaliyotda ba’zan buxgalterga jismoniy shaxsning xizmatlari uchun zudlik bilan haq toʻlash zarurati tugʻiladi. Ijrochi allaqachon EHF yuborgan, lekin uning kimligi – YaTTmi, oʻzini oʻzi band qilgan shaxsmi yoki shunchaki jismoniy shaxsmi – noaniq boʻladi. Jismoniy shaxs boʻlgan ijrochining soliq maqomini toʻlovdan oldin qanday tekshirish haqida “Norma” eksperti Lola SULTONOVA soʻzlab beradi: