Yangi

Kurs farqlarini qanday hisobga olish va soliqqa tortish mumkin: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Soliq qoʻmitasining javobi

23.02.26
Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi qoʻshma xat bilan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarni aniqlashda kurs farqlarini hisobga olish va soliqqa tortish boʻyicha yondashuvni aniqlashtirdi. Eslatib oʻtamiz: 2022 yildan boshlab Soliq kodeksining 320-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, unga koʻra boʻnaklar qayta hisoblanmaydi. Bunda soliqchilar tovarlar (xizmatlar) tannarxini, shuningdek oldindan toʻlov amalga oshirilgan valyuta shartnomalari boʻyicha daromadlarni xarajatlar (daromadlar) tan olingan sanadagi kurs boʻyicha aniqlardilar. Bu SKning 320-moddasi 5-qismiga muvofiq emas edi. Va bu muammo tufayli avtokameral ham notoʻgʻri ishlagan. Endi esa har ikki idora ham tadbirkorlar va soliq maslahatchilarining koʻplab murojaatlaridan soʻng umumiy qarorga keldi. Ushbu qoʻshma xat (20.02.2026 y. 03/41/04 va 18/2-15262-son) endilikda bu norma toʻgʻri va bir xilda talqin qilinishi, shuningdek «avtokameral» formulalari oʻzgartirilishiga umid uygʻotadi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va SK qoʻshma xatining mazmuni hamda soliq maslahatchisi Irodaxon ABBOSXONOVAning sharhi – buxgalter.uz sharhida:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va SQning 6.02.2024 yildagi 03/43-2725-son axborot xabari

07.02.24
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish va 2023 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlashga doir A X B O R O T   X A B A R I 2024 yil 6 fevral 03/43-2725-son Toshkent sh.   Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston

2022 yil 26 sentyabr №06/04-01-02-32/3374 axborot xabari

27.09.22
2022 yil 26 sentyabr №06/04-01-02-32/3374 axborot xabari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dori vositalarini ishlab chiqarish, importi va realizatsiyasini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan murojaatlar kelib tushayotganligi munosabati bilan Soliq kodeksining 27-moddasiga asosan quyidagilarni tushuntiradi.

Moliya vazirligining Soliq kodeksining 244-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida 31.03.2022 yildagi 06/04-01-02-32/859-son Axborot xabari

31.03.22
Moliya vazirligi bank operatsiyalarini QQSga tortish masalalarini tushuntirdi: 1) QQSga tortiladigan moliyaviy operatsiyalar; 2) soliq solish maqsadlarida hisob siyosatiga oʻzgartirish kiritish; 3) EHFni rasmiylashtirish; 4) boshqa masalalar:

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining Axborot xati

27.01.22
Davlat idoralari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari bilan uchrashuvlarda professional tashkilotlar va tadbirkorlar tomonidan soʻrov va takliflar kelib tushayotganligi munosabati bilan, shuningdek ularning koʻtarilayotgan masalalar boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirish va soliq ma’muriyatchiligiga oid dasturiy mahsulotlarni yanada takomillashtirishga jalb etish maqsadida, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.