Yangiliklar
28.04.26
Mana, TXKM va onlayn-NKT reyestrlaridan «dastlabki qaldirgʻochlar uchib ketdi»... «Uzkass-85» onlayn-NKM va «Bestpos» MChJ qonunchilikda belgilangan talablarga mos kelmaganligi uchun (943-son VMQga havola qilingan holda) reyestrdan chiqarildi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Bunday kassani soliq organlarida hisobdan chiqarish kerakmi, degan savolga bizning iltimosimizga binoan «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL javob berdi:
28.04.26
Bu masalada 2026 yilda kutilmagan holatlar boʻlmasligi kerak: Xotira va qadrlash kunida «besh kunlik» ish haftasidagilar ketma-ket 3 kun, «olti kunlik»lar – 2 kun dam oladi. Qurbon hayitida esa barchamizni uzoq kutilgan – ketma-ket 5 kun dam olish kunlari kutmoqda!
Batafsil – buxgalter.uz saytida:
24.04.26
Markaziy bank kassalar orqali valyuta hisobvaragʻidan naqd xorijiy valyuta kimga, qanday hajmda va qanday shartlarda berilishini aniqlashtirdi. Yangi qoida allaqachon kuchga kirdi.
Batafsil ma’lumot buxgalter.uz saytida:
23.04.26
«Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida»gi yangi Qonun qabul qilindi – endi u eski 310-II-son Qonunning yangi tahriri emas, balki yangi rekvizitlarga ega boʻlgan alohida qonunchilik hujjatidir.
U 2026 yil 22 iyuldan kuchga kiradi. Undagi buxgalterlar uchun muhim oʻzgartirishlarni buxgalter.uz saytida tahlil qilamiz:
21.04.26
Bugungi kunda buxgalterlar uchun toʻrtta standart amal qilmoqda. Ularni bir-biridan mustaqil ravishda Bandlik vazirligi (4–7-darajalar), Markaziy bank (5–8-darajalar), Qishloq xoʻjaligi vazirligi va gʻalati tuyulsa-da, Davlat oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (Oʻrmon xoʻjaligi va yashil zonalarni kengaytirish agentligi) ishlab chiqqan. Ulardan uchtasi – tarmoq standartlari boʻlib, muayyan idora uchun yozilgan va malaka sektorlar oʻrtasida oʻtmaydi.
Ushbu tarqoq standartlar sifatli ta’lim standartlari va oʻquv dasturlarini, malaka oshirish dasturlariga hamda malakani mustaqil baholashga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish uchun yetarli emas.
Prezidentning PQ-345-son qaroriga muvofiq 2026 yil yakuniga qadar yangi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi. Hatto ularning loyihalari allaqachon mavjud – siz ularni koʻzdan kechirishingiz va oʻz takliflaringizni kiritishingiz mumkin:
21.04.26
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi va 17 apreldan kuchga kirdi. Ular nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlash xizmatlari uchun toʻlovlarni JShDSdan ozod qilishni nazarda tutadi. Bunday xizmatlarni DXSh asosida koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar esa – ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
21.04.26
2026 yil 20 apreldan boshlab «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimida sotib olish (18-tur) va sotish (19-tur) shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ushbu operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
20.04.26
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvga chek qoʻyish va korrupsiya xavflarini kamaytirish boʻyicha ilgari juda koʻp choralar koʻrilgan... Shunga qaramay, Prezidentning 17.04.2026 yildagi PF-63-son Farmoni yana yangi choralarni nazarda tutmoqda.
Bu safar davlat xizmatchilari va tadbirkorlar oʻrtasidagi muloqotlar (tashriflar va chaqiruvlar) asosli va asossiz turlarga ajratildi.
Yangilikni buxgalter.uz saytida tahlil qilamiz:
20.04.26
Bir vaqtning oʻzida beshta kodeksga – Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 2026 yil iyul oyidan kuchga kiradi va soliq solish hamda tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan.
Aytish mumkinki, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik huquqbuzarlikning ahamiyatini belgilovchi soʻmdagi mezonning oshirilishi hisobiga yengillashmoqda, deyish mumkin. Soliq toʻlamaganlik uchun ilk bor sudlanuvchilar kursisiga oʻtirgan shaxslarga esa javobgarlikdan ozod qilinish imkoniyati berilmoqda. Buning evaziga fuqarolar va mansabdor shaxslar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda...
Nimalar oʻzgarganini buxgalter.uz saytida tahlil qilamiz:
17.04.26
Tadbirkorlik sub’yektlari jarima summasining faqat yarmini toʻlash, summani penyasiz boʻlib-boʻlib toʻlash, agar sud jarimani noqonuniy deb topsa, har bir kechiktirilgan kun uchun foizlar bilan pulni qaytarib olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu Prezidentning 15.04.2026 yildagi PQ-138-son qarorida nazarda tutilgan.
Ushbu normalarning har biri qachon kuchga kirishi va butun tizim amalda qanday yoʻlga qoʻyilishini buxgalter.uz saytida tahlil qilamiz.
16.04.26
PF-246-son Farmon boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi va 16 apreldan kuchga kirdi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
16.04.26
PF-246-son Farmon boʻyicha cheklovlarga tushadigan MXIKlar roʻyxatini joylashtirganimizda u regulyator tomonidan oʻzgartirilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edik.
Shunday qilib, bu allaqachon sodir boʻlmoqda: 11199008003000001 «Turistik (mehmonxona) yigʻimi» 10801002002000000 «Nodavlat maktabgacha ta’lim xizmatlari» va boshqa ba’zi MXIKlar «davlat xizmatlari uchun toʻlovlar» sifatida naqd pulga sotishda cheklovlar kiritilgan roʻyxatdan chiqarildi. Shu bilan birga, ular «25 mln soʻmdan qimmat emas» mezoni boʻyicha cheklov ostida qoladi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu ma’lumotga «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL izoh berdi:
15.04.26
Soliq kodeksi va MJtKga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻi stavkasini oshirish va muayyan vaziyatda qoʻllaniladigan ma’muriy jarimalar toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzgartirishlar 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
15.04.26
Moliyaviy hisobotning milliy standarti (2-sonli MHMS) – «Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari» tasdiqlandi (11.04.2026 y. AV roʻyxat raqami 3810-son) va 2027 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Standartni Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha yuridik shaxslar (bundan jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar va byudjet tashkilotlari mustasno) qoʻllaydilar. 2-sonli MHMSning asosiy yangiliklari haqida qisqacha – buxgalter.uz sharhida:
14.04.26
1 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda tajriba tariqasida bojxona erkin omborining yangi shakli – bond omborlari tashkil etilmoqda.
Ularning faoliyat yuritish xususiyatlari, soliq solinishi va tovarlarni bond omborlaridan realizatsiya qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi – buxgalter.uz sharhida.
14.04.26
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarda yana muammo... Bu muammoga eng ehtiyotkor tadbirkorlar duch keldilar – ular xaridorlar va mijozlardan yagona bank QR-kodi orqali toʻlovlarni qabul qilishda, fiskal ma’lumotlarning takrorlanishidan qoʻrqib, bunday savdolar boʻyicha onlayn-NKM cheklarini urmaganlar.
Ma’lumotlar hisobotga tushmayotganligi faqat oy yakunlarini sarhisob qilishda ma’lum boʻldi. Ba’zi savdo shoxobchalari esa markirovkalangan tovarlarni shunday sotishgan...
Vaziyatga buxgalter.uz iltimosiga koʻra «GAROV TARAQQIYOT NKM» MChJ muassisi Vladimir GIBEL izoh berdi:
13.04.26
QQS toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4 ta muhim oʻzgartirish kiritildi. Bu sizga qay darajada ta’sir qilishi mumkinligini tekshiring.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
13.04.26
22.09.2021 yildagi «Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 595-son VMQga tadbirkorlarning xoʻjalik operatsiyalarini «E-aktiv» tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qiluvchi tuzatish kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
13.04.26
2026 yil 10 aprelga kelib Soliq qoʻmitasi «E-ijara» tizimida qator yangilanishlarni amalga oshirdi. Xususan, idora yer uchastkalariga nisbatan minimal stavkalarni qoʻllashni bekor qildi, antenna-machta qurilmalari uchun ijarani roʻyxatdan oʻtkazishni soddalashtirdi, soliqni hududlar boʻyicha taqsimlash masalasini ma’lum darajada hal etdi.
Batafsil ma’lumotlar – buxgalter.uz saytida:
10.04.26
«Tadbirkorlik sub’yektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy faoliyat yuritishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 745-son VMQ yana bitta Vaqtinchalik nizom bilan toʻldirildi.
Bu safar zargarlar (ishlab chiqarish, chakana savdo) ragʻbatlantiriladi. Yangi Vaqtinchalik nizom oʻtgan yilning iyul oyida qabul qilingan PQ-207-son Prezident qaroriga muvofiq ularga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
Qaytarish shartlari va sxemasi – buxgalter.uz sharhida: