May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
2026 yil may oyida Xotira va qadrlash kuni hamda Qurbon hayitida necha kun dam olamiz
Bu masalada 2026 yilda kutilmagan holatlar boʻlmasligi kerak: Xotira va qadrlash kunida «besh kunlik» ish haftasidagilar ketma-ket 3 kun, «olti kunlik»lar – 2 kun dam oladi. Qurbon hayitida esa barchamizni uzoq kutilgan – ketma-ket 5 kun dam olish kunlari kutmoqda!
Batafsil – buxgalter.uz saytida:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
9 may – Xotira va qadrlash kuni
2026 yil 9 may, shanba – barcha uchun bayram, ishlanmaydigan kun
.
5 kunlik ish haftasida dam olish kuniga toʻgʻri kelganligi sababli, «besh kunlik»lar 11 may, dushanba kuni ham dam oladi.
8 may, juma – barcha хodimlar uchun bayram arafasidagi ish kuni davomiyligi kamida bir soatga qisqartiriladi.
Jami:
«Besh kunlik»lar uchun ketma-ket 3 ta dam olish kuni:
- 9 may, shanba – bayram, ishlanmaydigan kun;
- 10 may, yakshanba – dam olish kuni;
- 11 may, dushanba – shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni.
«Olti kunlik»lar uchun 2 ta dam olish kuni:
- 9 may, shanba – bayram, ishlanmaydigan kun;
- 10 may, yakshanba – dam olish kuni.
27 may – «Qurbon hayiti»
2026 yil 27 may, chorshanba – diniy bayram «Qurbon hayiti»ning (Iyd al-Adha) dastlabki sanasi va barcha uchun bayram, ishlanmaydigan kun
.
26 may, seshanba – barcha uchun bayram arafasidagi ish kuni davomiyligi qisqartiriladi.
28–29 may – barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kunlari.
30 may – 6 kunlik ish haftasida qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida odatiy dam olish kuni.
Jami:
«Besh kunlik»lar uchun ketma-ket 5 ta dam olish kuni:
- 27 may, chorshanba – bayram, ishlanmaydigan kun;
- 28 may, payshanba – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 29 may, juma – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 30 may, shanba – dam olish kuni;
- 31 may, yakshanba – dam olish kuni.
«Olti kunlik»lar uchun 5 ta dam olish kuni:
- 27 may, chorshanba – bayram, ishlanmaydigan kun;
- 28 may, payshanba – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 29 may, juma – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 30 may, shanba – qoʻshimcha dam olish kuni;
- 31 may, yakshanba – dam olish kuni.
E’tibor bering
Agar хodimlaringiz ishlab chiqarish zaruriyati tufayli dam olish va bayram kunlari ishga chiqsa, Davlat mehnat inspeksiyasi bilan bogʻliq muammolardan sizni quyidagi masalalar boʻyicha qonunchilik normalarini aniq bilish qutqaradi:
- Qachon хodimni uning roziligisiz dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilish mumkin? Va qachon uning roziligi talab etiladi?
- Dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilishda qanday cheklovlar mavjud? Qachon bunday jalb qilish qonunbuzarlik hisoblanadi? Xodimlarning ayrim toifalarini dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilish tartibi qanday?
- Dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun kompensatsiya qanday toʻgʻri toʻlanadi? Jadval boʻyicha dam olish va bayram kuniga toʻgʻri kelgan ishga qanday haq toʻlanadi?
- Dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilishni barcha qoidalarga muvofiq qanday toʻgʻri rasmiylashtirish lozim?
Ushbu savollarga mehnat huquqi boʻyicha ekspert, yuridik fanlar nomzodi Miхail GASANOV tavsiyada javob berdi >>>
![]()