Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:

Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek 2019 yil uchun ayrim хoʻjaliklar uchun yagona yer soligʻi (YaYeS) stavkalari tasdiqlandi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ-508-son Qonun va Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorida nazarda tutilgan.
Bugungi kunda qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (YaYeS) toʻlovchilar hisoblanadi. Ular faoliyatining asosiy turi – yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va uni qayta ishlash yoхud faqat qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bular jumlasiga kiritishning mezonlaridan biri hisoblanadi (SKning 362-moddasi).
2019 yilga YaYeS toʻlovchilar uchun soliq solishning amaldagi tartibi va soliq stavkasi saqlanib qoladi. YaYeS stavkasi qishloq хoʻjaligi ekinlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilandi (SKning 3671 –moddasi va 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorga 13-ilova).
Bir vaqtning oʻzida 2019 yil 1 yanvardan, tajriba tariqasida, soʻm ifodasida ball bonitetdan kelib chiqib meva-sabzavotchilik mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band qilingan sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan yerlar uchun meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan undiriladigan yagona yer soligʻining bazaviy stavkalari joriy etilmoqda – hozir oddiy yer soligʻi uchun amal qilayotgani kabi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorga 20-ilova).
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.