Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQS – 2019 yilda nimalar oʻzgardi

preview

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq , 2019 yildan boshlab sotib olingan asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish ob’yektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha QQS hisobga olinishi mumkin. Bungacha soliq summasi ularning boshlangʻich qiymatiga kiritilib kelgan.

Shu munosabat bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab uzoq muddatli aktivlar realizatsiya qilinganda soliq solinadigan bazani (SSB) aniqlash tartibi ham oʻzgardi.

Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSni hisobga olish – avval qanday edi, endi qanday

Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSning hisobga olinishini qoʻllash

 

2019 yil 1 yanvargacha

2019 yil 1 yanvardan boshlab

Sotib olinayotgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha, shuningdek moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish uchun sotib olinayotgan mol-mulk boʻyicha QQS hisobga olinmagan.

 

Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan koʻchmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi QQS summasini 36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Asosiy vositalar, bundan koʻchmas mulk mustasno, va nomoddiy aktivlar sotib olinganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi QQS summasini 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Qurilishi tugallanmagan ob’yekt sotib olinganda (barpo etilganda) soliq toʻlovchi QQS summasini asosiy vositalar uchun nazarda tutilgan tartibda, uni foydalanishga topshirgan paytdan e’tiboran hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Quyidagilar boʻyicha QQS hisobga olinmaydi:

  • 2019 yilning 1 yanvariga qadar sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha;
  • tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalanilmaydigan yoki soliq solinmaydigan oborot maqsadlarida foydalaniladigan, sotib olinadigan koʻchmas mulk boʻyicha.

 

Uzoq muddatli aktivlarni sotishda QQS boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash

 

2019 yil 1 yanvargacha

2019 yil 1 yanvardan boshlab

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar realizatsiya qilingan taqdirda, SSB QQS summasini ham oʻz ichiga oladigan, ularning realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi.

 

 

 

Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni realizatsiya qilish chogʻida, SSB ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi.

QQS boʻyicha hisobga olish nazarda tutilmagan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda (u QQS bilan olinganligi yoki olinmaganligidan qat’i nazar), SSB QQS summasini oʻz ichiga oladigan, uni realizatsiya qilish (chiqib ketish) qiymati bilan balans qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. Ushbu norma quyidagi mol-mulkka nisbatan qoʻllanadi:

  • tekinga olingan, bundan oluvchi tomonidan hisobga olinishi lozim boʻlgan QQS toʻlangan import mustasno;
  • chegirib tashlanmaydigan хarajatlarni amalga oshirish maqsadida olingan .

Qanday hisoblashga doir misollar

Asosiy vositalar realizatsiya qilinganda QQS hisob-kitobidagi oʻzgarishlarni misollar yordamida koʻrib chiqamiz: 

1-misol

Asosiy vositani qoldiq qiymati boʻyicha sotish:

boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatiga teng – 14 000 ming soʻm.

2019 yil 1 yanvargacha qilingan hisob-kitob

2019 yil 1 yanvardan qilinadigan hisob-kitob

QQS byudjetga toʻlanmaydi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yoʻq:

 

14 000 – (56 000 – 42 000) = 0

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB asosiy vositani realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq uning qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

 

Solishtiramiz:

14 000 х 20 / 120 = 2 333,3 ming soʻm.

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 2 800 ming soʻm.

 

2-misol

Asosiy vositani qoldiq qiymatidan past narхda sotish:

boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

qoldiq qiymati – 14 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatidan past – 10 000 ming soʻm.

2019 yil 1 yanvargacha qilingan hisob-kitob

2019 yil 1 yanvardan qilinadigan hisob-kitob

QQS byudjetga toʻlanmaydi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yoʻq:

10 000 – (56 000 – 42 000) = – 4 000 ming soʻm.

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB asosiy vositani realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq uning qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

Solishtiramiz:

10 000 х 20 / 120 = 1 666,7 ming soʻm.

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 2 800 ming soʻm.

3-misol

Asosiy vositani qoldiq qiymatidan yuqori narхda sotish:

boshlangʻich qiymati – 56 000 ming soʻm;

hisoblangan eskirish – 42 000 ming soʻm;

qoldiq qiymati – 14 000 ming soʻm;

realizatsiya qilish qiymati qoldiq qiymatidan yuqori – 20 000 ming soʻm.

2019 yil 1 yanvargacha qilingan hisob-kitob

2019 yil 1 yanvardan qilinadigan hisob-kitob

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi realizatsiya qilish narхi bilan qoldiq qiymati oʻrtasida ijobiy farq yuzaga keladi:

 

20 000 – (56 000 – 42 000) = 6 000 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS:

6 000 х 20 / 120 = 1 000 ming soʻm.

QQS byudjetga toʻlanadi, sababi SSB realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq qoldiq qiymatidan kam boʻlmagan, QQS kiritilmagan holda aniqlanadi:

 

Solishtiramiz:

20 000 х 20 / 120 = 3 333,3 ming soʻm.

14 000 х 20% = 2 800 ming soʻm.

Byudjetga toʻlanadigan QQS – 3 333,3 ming soʻm.

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text147478_uzoq_muddatli_aktivlar_buyicha_qqs_-_2019_yilda_nimalar_uzgardi